[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Lincoln Motor Company

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lincoln Motor Company
Sobiq nomi
  • Lincoln Motor Company (1917–45)
  • Lincoln-Mercury (1945–2012)[1]
Turi
  • Xususiy (1917–22)
  • Boʻlinma (1922–present)[2]
Tarmogʻi Avtomobil sanoati
Egasi Ford Motor Company (1922–hozirgacha)[2]
Qachon asos solingan avgust1917 (107 yil avval) (1917-08) (as „Lincoln Motor Company“)[3]:4
Hududiy xizmati
Asoschi(lari)
Rahbariyat Dianne Craig (Prezident)[5]
Mahsulot(lar)i Hashamatli avtomobillar
Vebsayti lincoln.com

Lincoln Motor Company yoki Lincoln – Ford Motor Company kompaniyasining hashamatli avtomobillar ishlab chiqarish boʻlimi hisoblanadi[6]. Lincoln AQShda eng yuqori darajadagi hashamatli avtomobil brendlari orasida oʻz oʻrniga ega. U General Motors kompaniyasining Cadillac brendi bilan raqobatdosh hisoblanadi. Ammo, 2021-yilgi modellardan boshlab, ular faqat SUV va Crossover avtomobillarini taklif qila boshladi[7].

Boʻlim 1940-yilda ishlab chiqargan Lincoln Continental modeli avtomobil sanoatida shaxsiy hashamatli avtomobillar segmentini yaratishga turtki berdi[8].

Lincoln Motor Company 1917-yilda Henry M. Leland tomonidan asos solingan. U kompaniyani Abraham Linkoln sharafiga nomlagan. 1922-yil fevral oyida kompaniya Ford tomonidan sotib olingan[9][10] va hozirgacha uning tarkibida qolmoqda. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Ford kompaniyasi Lincoln va oʻrta sinf avtomobillari ishlab chiqaruvchi Mercury brendini birlashtirdi. Boʻlim Lincoln-Mercury nomini oldi. Bu birlashma 2010-yilda Mercury yopilgunga qadar davom etdi. 2012-yil oxirida Lincoln oʻzining asl nomi – Lincoln Motor Companyga qaytdi[10][11]. Premier Automotive Group (Jaguar, Land Rover, Aston Martin va Volvo) sotilishi va Mercury yopilishidan soʻng, Lincoln Ford Motor Companyning yagona hashamatli avtomobil brendi boʻlib qoldi.

Dastlab Lincolndan yuqorida mustaqil boʻlim sifatida tashkil etilgan Continental, 1959-yilda Lincoln tarkibiga qoʻshildi. 1969-yilda Continental nomli Mark seriyasi Lincoln orqali sotila boshlandi. U 1986-yilda Lincoln nomini oldi. Lincolnning toʻrt burchakli yulduz emblemasi 1956-yilda Continental Mark II da paydo boʻlgan. Hozirgi versiyasi esa 1980-yilda joriy qilingan.

Bugungi kunda Lincoln mahsulotlari qatoriga hashamatli krossoverlar va sport avtomobillari kiradi. Oʻz tarixi davomida Lincoln limuzin va davlat tashriflari uchun avtomobillar ishlab chiqargan. Bir necha modellari AQSh prezidentlari uchun rasmiy davlat limuzinlari sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda bu talab krossover va SUV modellari orqali qondirilmoqda.

2017-yilda Lincoln butun dunyo boʻylab 188 383 avtomobil sotgan[12]. Shimoliy Amerikadan tashqari, Lincoln avtomobillari rasmiy ravishda Yaqin Sharqda (Eron va Suriya bundan mustasno), Xitoyda (Gonkong va Makao bundan mustasno) va Janubiy Koreyada sotiladi.

Global savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lincoln Motor Company brendining asosiy bozorlari AQSh, Kanada va Meksika hisoblanadi. Ford Motor Company dunyo boʻylab Lincoln brendini turli bozorlarda oʻzining flagman brendi sifatida taqdim etgan.

Yaponiyada Lincoln 2016-yilgacha Ford bilan birgalikda sotilgan. Oʻsha yili Ford bu mamlakatda oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

Lincoln avtobillari hanuzgacha Janubiy Koreyada taklif qilinmoqda. Avval bu hududda taqdim etilmagan Lincoln Navigatorning 2022-yilgi modeli Janubiy Koreyada taqdim etila boshlandi.

Avstraliya va Yangi Zelandiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ford Avstraliya hech qachon Lincoln brendini sotmagan. Kompaniya hashamatli/premium segmentdagi avtomobillarini Avstraliyada ishlab chiqarilgan va dizayni oʻzgartirilgan holda Ford brendi ostida sotgan (Ford Fairlane va LTD; Ford Fairmont esa Mercury brendiga oʻxshash rol oʻynagan). Ushbu avtomobillar Avstraliya va Yangi Zelandiyada sotilgan.

1990 va 2000-yillarda Hongqi Lincoln Town Car modelini AQShdan keltirilgan CKD qismlari yordamida ishlab chiqarishni boshladi[13]. Town Car CKD qismlariga tashqi dizayn oʻzgartirishlari kiritilgan, yangi old qanotlar, faralar va orqa chiroqlar, shuningdek yangi radiator panjarasi oʻrnatilgan. Kompaniya standart uzunlikdagi sedan bilan birga, uch xil uzunlikdagi limuzinlar ishlab chiqargan. Shuningdek Hongqi CA7400 prototipi ham yaratilgan[13].

2014-yilda Ford Motor Company Lincoln brendini Xitoy bozoriga olib keldi va savdoni oʻrta oʻlchamli MKZ sedan va kichik MKC SUV bilan boshladi[14]. 2016-yil oxiriga kelib, Lincoln 50 ta shaharda 60 ta dilerlik tarmogʻini tashkil qilishni rejalashtirdi. Shuningdek, kompaniya MKZ, Continental, MKC, MKX va Navigator modellarini sotishni boshladi[15]. 2016-yildagi savdo koʻrsatkichlari oʻtgan yilga nisbatan 180% ga oshdi. Lincoln 2019-yilga kelib Xitoyda avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirdi[16]. Xitoylik xaridorlarni jalb qilish uchun Lincoln „The Lincoln Way“ nomli avtomobil sotib olish va egalik qilishning shaxsiylashtirilgan xizmatlar modelini taqdim etdi[17].

2020-yil 29-martda Xitoyda ishlab chiqarilgan birinchi Lincoln avtomobili (Lincoln Corsair) Chongqing shahridagi Changʻan Ford zavodida ishlab chiqarildi[18]. 2022-yilda faqat Xitoy bozoriga moʻljallangan yangi Zephyr sedan modeli toʻxtatilgan MKZ oʻrnini egalladi.

  1. „A short history of the Mercury brand“. Ford. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  2. 2,0 2,1 Davis, Michael W. R.. Ford Dynasty: A Photographic History. Arcadia Publishing, 2002 — 54–55-bet. ISBN 978-0-7385-2039-1. Qaraldi: 2018-yil 28-mart. 
  3. 3,0 3,1 Lincoln Motor Company Briefing Book. New York: Ford Motor Company, December 3, 2012. Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr. „1917 August: After departing a management position at the Cadillac Division of General Motors, Henry Leland and his son Wilfred Leland form the Lincoln Motor Company, which produces aircraft engines to fill World War I government contracts.“ 
  4. „Our Brands: Lincoln Vehicles“. Ford Motor Corporation (2012). 2014-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  5. Ford. „Joy Falotico“. Press-reliz.
  6. Lorio, Joe; Fink, Greg S.. „Lincoln's Centennial: A Mega Gallery of Continentals, Presidential Limos, and More“. Car and Driver (2022-yil 5-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  7. „Lincoln cancels the Continental again because the US is hooked on SUVs“. The Verge. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
  8. „Edsel Ford and his influence on Lincoln“. Ford. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  9. Banham, Russ. The Ford Century: Ford Motor Company and the Innovations that Shaped the World. Artisan Books, 2002 — 95-bet. ISBN 978-1-57965-201-2. Qaraldi: 2022-yil 29-iyun. 
  10. 10,0 10,1 Lincoln Motor Company Briefing Book. New York: Ford Motor Company, December 3, 2012. Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr. „1917 August: After departing a management position at the Cadillac Division of General Motors, Henry Leland and his son Wilfred Leland form the Lincoln Motor Company, which produces aircraft engines to fill World War I government contracts.“ 
  11. Buss, Dale „Ford Introduces the "Lincoln Motor Company" in New Branding Campaign“. brandchannel (2012-yil 3-dekabr). 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  12. „Lincoln China Sets Sales Record; Lincoln Global Sales Deliver Best Performance Since 2000“. Press-reliz.
  13. 13,0 13,1 „Tycho's Illustrated History Of Chinese Cars: Red Flag's Lincoln Years - The Truth About Cars“ (en-US). The Truth About Cars (2012-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 23-may.
  14. Lincoln Motor Company. „Lincoln Launches in China; Unique Offering for Today's Chinese Luxury Auto Customers“. Press-reliz.
  15. Lincoln Motor Company. „Lincoln Unveils Three All-New Vehicles at Auto Shanghai 2015“. Press-reliz.
  16. „Ford's Lincoln plans to produce luxury SUV in China by late 2019“. Reuters (2017-yil 13-mart). Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
  17. Lincoln Motor Company (2014-yil 6-noyabr). „Lincoln Opens First Stores in China and Unveils 'The Lincoln Way'“. Press-reliz.
  18. „林肯品牌首款国产车型下线--人民网汽车--人民网“. auto.people.com.cn. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.