[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ladakh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ladakh

Ladakh — Katta Himolay togʻlarining shimolidagi togʻ tizmasi, Hindiston va Xitoyda. Uzunligi 600 km dan ziyod. Eng baland joyi — Gurla-Mandxata togʻi, 7728 m. Asosan, gneys va granit, shuningdek, choʻkindi jinslardan tuzilgan. Shim.-sharqiy yon bagʻirlari nisbatan yotiq; 5500–5700 m balandlikda yer yuzasi tekis, morenalar bilan qoplangan. Qoyali uchli choʻqqilari qor va muzliklar bilan qoplangan. Jan.-gʻarbiy yon bagʻrida siyrak butalar usadi, shimoli-sharqida landshafti sovuq choʻldan iborat.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil