[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kvant elektronika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvant elektronika - fizikaning majburiy nurlanish hodisasiga asoslanib, elektromagnit tebranishlarnk va toʻlqinlarni generatsiyalash (hosil qilish) va kuchaytirish usullarini, shuningdek, kvant generator va kvant kuchaytirgich xossalarini hamda ularning qoʻllanishini oʻrganuvchi sohasi. Klassik elektronikada elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlar M. Faradey kashf etgan elektromagnit induksiya hodisasi asosida hosil qilinadi. Elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlarni kuchaytirish esa elektron asboblar va kuchaytirgich kaskadlarida zaryadlangan zarralar oqimi yordamida amalga oshirilsa, K.e. da bu jarayonlar toʻgʻridan-toʻgʻri uzviy bogʻlangan faol modda va optik rezonator (ikki koʻzgu) yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi zamon K.e.si 1916 yilda A. Eynshteyn kashf etgan nurlanishni oʻz-oʻzidan (spontan) va majburiy nurlanish (induksiyalangan) ga ajralishi hodisasiga asoslangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil