[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Koreya yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koreya yarimoroli
Koreys yarimorolining joylashuvi
Koreys yarimorolining xaritasi

Koreya yarim oroli - Sharqiy Osiyoda, Yapon dengizi bilan Sariq dengiz oraligʻida. Maydoni 150 ming km². Oʻz. 600 km chamasida, aksari qismida kengligi 200 km. Koreya yarim orolio.da Koreya Respublikasi va KXDRning katta qismi joylashgan. Yarim orol materik bilan Koreya boʻyni orqali tutashgan. Relyefi, asosan, togʻli, gʻarbida sertepa tekislik. Eng baland joyi — Sharqiy Koreya togʻlaridagi Chirisan choʻqqisi (1915 m). Sharqiy qirgʻoqlari kam parchalangan, gʻarbi va janubida qoʻltiq va buxta koʻp. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli, janubida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —21° dan janubida 4° gacha, iyulniki 22—26°. Yiliga 900– 1500 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari sersuv, eng muhimlari: Amnokkan, Tumangan, Kimgan va boshqa Keng bargli va doim yashil subtropik oʻrmonlar (jan.da) bilan qoplangan. Vodiylarda sholi, soya, paxta ekiladi. Foydali qazilmalardan volfram, grafit, magnezit uchraydi. Milliy parklar tashqil etilgan. Yana q. Koreya.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil