[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Coca-Cola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koka-koladan yoʻnaltirildi)
Rasmiy logotip
Coca-Cola Canada Ltd. (1941-yil 8-yanvar, Monreal, Kanada).
„Coca-Cola“ butilkasi

Coca-Cola yoki Coke — The Coca-Cola Company kompaniyasi tomonidan chiqariladigan alkogolsiz gazli ichimlik[1][2]. „Coca-Cola“ 2005–2011-yillar oraligʻida Interbrend xalqoro tekshirish agentligi reytingi boʻyicha dunyodagi eng qimmat brend deb topilgan. Bugungi kunda bu ichimlik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi[3].

„5 centga „Coca-Cola““ – „Coca-Cola“ reklamasi (1890–1900-yillar)
„Coca-Cola“ butilkasi (1915-yilda ixtiro qilingan)

Ichimlik 1889-yil 8-mayda (Jorjiya shtati, AQSh) Atlantada oʻylab topilgan. Uning muallifi farmatsevt John Stith Pemberton (afsonalarga qaraganda ichimlikning retseptini bir fermer ixtiro qilgan va Pembertonga $250 ga sotadi, bu haqida Pemberton oʻzining intervyularining birida aytgan emish). Ichimlikni nomini Pembertonning hisobchisi Frank Robinson kalligrafiya bilan chiroyli qilib „Coca-Cola“ soʻzini yozadi. Bu soʻz hozirgi kungacha ichimlikning logotipi boʻlib qoʻllanilib kelyapti. „Coca-Cola“ning tarkibida koka oʻsimlik (kokain) bor.

Shuni hisobga olish kerakki, har bir variantda ichimlik tarkibi har xil. Quyida ichimlikning oddiy varianti koʻrsatilgan Ichimlikning tarkibida[4]:

Qogʻoz butilka sinovi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Coca-Cola“ kompaniyasi qogʻoz butilkalarni sinovdan oʻtkazishni boshladi. Butilkalarning ilk naʼmunalari Daniya kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan va u toʻligʻicha qogʻoz tolalaridan tayyorlangan. Faqat qopqoq va qogʻozning suyuqlikka tegishidan saqlovchi ichki membrana plastikdan ishlangan.

Tajribadan maqsad, butilkani 100 foiz qayta ishlanadigan, butunlay plastikdan xoli va gazlangan ichimlikning bosimiga dosh bera oladigan qilib ishlab chiqarish hisoblanadi. „Coca-Cola“ 2030-yilgacha butunlay chiqindisiz ishlab chiqarishga oʻtmoqchi. Oziq-ovqat sanoatining gigantlari esa bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan.

2019-yil „Break Free From Plastic“ („Plastikdan xalos boʻlamiz“) xayriya jamgʻarmasi „Coca-Cola“ jahondagi chiqindi generatorlaridan biri boʻlganligini maʼlum qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda esa, „Pepsi“ va „Nestle“ joylashgan[5].

  1. Stafford, Leon. „Coca-Cola to spend $30 billion to grow globally“. The Atlanta Journal-Constitution (9-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2013-yil.
  2. Eschner, Kat „Coca-Cola’s Creator Said the Drink Would Make You Smarter“ (inglizcha). Smithsonian (29-mart 2017-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.
  3. Elmore, 2013, 717-bet
  4. „Dannie o sostave napitka na sayte proizvoditelya“. 2011-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-fevral.
  5. „«Coca-Cola» қоғоз бутилкани синовдан ўтказишни бошлади“. Bugun.uz. 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-fevral. (Wayback Machine saytida 9-iyul 2021-yil sanasida arxivlangan)