[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Atlanta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atlanta – AQShdagi shahar, Jorjiya shtatining ma’muriy markazi. AQSH janubidagi yirik transport, savdo-sanoat, madaniyat markazi, xalqaro aeroport bor. Aholisi 394 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 2,4 mln. kishi). Aviaraketa-kosmik, radioelektronika, avtomobil, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat (shu jumladan "Koka-kola" firmasi) va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Atlanta – afroamerikaliklarning madaniyat va biznes markazi. Shaharga XIX-asr 1-yarmida asos solingan. 1861 – 65 yillardagi Fuqarolar urushi davrida vayron qilingan, XIX-asr oxiri – XX-asr boshida qayta tiklangan. 26-Olimpiada oʻyinlari (1996) boʻlib oʻtgan. Muzeylar universitetlar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil