[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kifara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kifara, kitara (yun. kithara) — yunonlarning lira (qad. Sharkdagi chang)ta oʻxshash, torli-tirnama musiqa sozi. Dastlab torlari 4 ta boʻlib, keyinchalik 7-18 tagacha yetgan. Kifara yakka hamda joʻrnavoz soz sifatida ishlatilgan. Yunon adabiyoti va tasviriy sanʼatida Kifara — Appollonnchng doimiy yoʻldoshi, yaʼni asosiy belgisi boʻlgan. Milodiy 1-asrlarga oid Turon moddiy yodgorliklari (qad. Xorazm, Dalvarzintepa, Panjikent va boshqa joylardan topilgan xaykalchalarda tasviri uchraydi. Gitara, sitra kabi musiqa sozlarining nomlari kifara soʻzidan kelib chiqqan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil