Katsudon
ʻʻʻKatsudonʻʻʻ (yaponcha: カツ丼 ) Yevropa-yapon oshxonasining goʻshtli taomi, domburining eng ommalashgan turi.
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taomning nomi ikki soʻzdan olingan: tonkatsu (choʻchqa kotleti) va domburi (ustiga garnir solingan katta kosadagi guruchdan iborat taom)[1][2][3][4].
Taom
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir porsiyasi bir piyola guruch va yaxshilab pishirilgan choʻchqa goʻshtidan iborat. Kotletni tuxumga oldindan botirib olish yoki pishirgandan keyin ustidan sous quyish mumkin[5]. Taomga sabzavotlar va turli ziravorlar ham qoʻshsa boʻladi.
Katsudonning mintaqaviy turlari mavjud: «qizil miso» (yaponcha: 赤味噌 ) bilan Nagoya ʻʻmiso-katsu(don)ʻʻi (yaponcha: 味噌カツ丼 )[6], fransuzcha sousi bilan Okayama ʻʻdemi-katsu(don)ʻʻi (yaponcha: デミカツ丼 )[7] va boshqalar.
Ommaviy madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katsudon maktab oʻquvchilari va talabalar orasida mashhur: «yutib chiqmoq» (yaponcha: 勝つ ) soʻzi taom nomiga ohangdosh, shuning uchun katsudon imtihonlardan oldin tanovul qilinadi[8].
Yaponiyada jinoyatchi politsiya boʻlimida yoki tergov xonasida bir piyola katsudon yesa, albatta tavba qiladi, degan shahar afsonasi mavjud[9].
-
Soya sousi va yashil piyoz solingan bir piyola katsudon
-
Tovuqli katsudon
-
Choʻchqa goʻshtli katsudon
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Smil V., Kobayashi K.. . ISBN 9780262017824.
- ↑ Frederic L., Roth K.. . ISBN 9780674017535.
- ↑ The East. East Publications, 1991 — 27-bet.
- ↑ Herbst R., Herbst S.T.. . ISBN 9781438076218.
- ↑ 日本を知る105章, Korona bukkusu. Heibonsha, 2001.
- ↑ „Miso-katsu“ (deadlink). NAGOYA CONVENTION & VISITORS BUREAU. 2014-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-mart. (Wayback Machine saytida 2014-09-07 sanasida arxivlangan)
- ↑ „デミカツとは?“. Okayama Visitors & Convention Association. 2016-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-mart.
- ↑ Dobson H.. . ISBN 9781134355563.
- ↑ „警察のホント・ウソ“ (deadlink). 岡山県警察. 2015-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-may.