[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kartel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kartel — bitta sanoat tarmogʻidagi bir necha korxonalarning uyushmasi boʻlib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga oʻz mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, yaʼni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning boʻlib olinishi va hokazo boʻyicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Kartel, kartel bitimlari (ital. cartelio — qogʻoz, hujjat) — ishlab chiqaruvchilar yoki isteʼmolchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir tarmokdagi mustaqil korxonalar, firmalar, kompaniyalarning i.ch. va sotishning umumiy hajmlari, narxlar, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining hissasi, ishchi kuchi yollash va b. toʻgʻrisida bitimi. K. tashkil etishdan asosiy maqsad birlashma ichida raqobatni bartaraf etish, cheklash va ushbu kelishuvda qatnashmagan firmalar tomonidan boʻladigan tashqi raqobatni bostirish yoʻli bilan foydani oshirishdan iborat.

K.lar i.ch.ning konsentratsiyalashuvi va kapitalning markazlashuvi bilan bogʻliq holda 19-asr oxirida paydo boʻldi. 20-asrning 1-yarmida Germaniyada keng tarqaldi. Amerikada trestlarga qarshi qonunlar chiqarilib, ayrim sohalarda K. tuzish taqiqlandi, lekin shunga karamay, maxfiy K. bitimlari davom etdi. K. 20-asrning 20—40-y.lari oʻrtasida sanoatning koʻpgina sohalarida avj oldi.

hozirgi davrda bir qator mamlakatlarda K. bitimlari tuzish monopoliyaga qarshi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki ayrim tarmoqlar va i.ch. turlari yoki alohida sharoitlar doirasi bilan cheklangan. Jahonda son jihatidan unchalik koʻp boʻlmagan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida muayyan bir tovar boʻyicha jahon bozorini oʻzaro boʻlib olish, raqobat darajasidan ortiq boʻlgan foyda olish, xonavayronlik raqobatiga yoʻliqmaslik maqsadlarida xalqaro K. bitimlari tuzildi.

hozirgi sharoitlarda ham bir qancha qudratli xalqaro K.lar mavjud, OPEK unga yorqin misol boʻla oladi. Bozor monopoliyasiga karshi kurashda mayda va oʻrta biznes K. bitimlaridan unumli foydalanadi.

Risolat Ishmuratova..[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil