[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kareliya boʻyni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kareliya boʻyni - Boltik, dengizining Fin qoʻltigʻi bilan Ladoga koʻli orasidagi boʻyin. Yer yuzasi gneys, granit, muzlik, koʻl-muzlik yotqiziklaridan tarkib topgan. Oʻrtacha balandligi qariyb 50 m (eng baland joyi 205 m). Muzlik natijasida hosil boʻlgan koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmon bilan qoplangan. Sersuv Vuoksa daryoyei kesib oʻtgan. Fin qoʻltigʻi sohilida kurortlar (Sestroretsk, Zemnogorsk, Repino, Solnechnoye va b.) bor. Turizm rivojlangan. 17-asr boshidan Shvetsiya tasarrufida boʻlgan. 1721 y. Rossiyaga qoʻshib olingan. 1918 — 40 yillarda K.b.ning koʻp qismi Finlandiya tarkibida edi. 1940 y.dan Rossiya egallagan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil