[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

JandSirdaryoning quyi oqimida joylashgan oʻrta asr shahri. Xorazmshohlar davlatining sharqiy istehkomi hisoblangan. Bu yerlarni Saljuq bosib olmasdan oldin ham, Sirdaryo etagi qipchoqlar qoʻlida mustaqil oʻlka (mulk) boʻlgan. 12-asr oʻrtasiga kelib, J. bilan Forob oraligʻi butunlay Xorazmshohlar (Takash) qoʻliga oʻtgan. Xorazmshohlar J.dan turib qipchoqlar yeriga harbiy yurishlar qilgan. Oʻsha davrda Orol dengizi ham Jand koʻli deb atalgan. 1220 y. J.ni Joʻjixon egallagan. S. P. Tolstoye tadqiqotlari J. Qozogʻistonning Qiziloʻrda sh. yaqinidagi Janqalʼa harobalari oʻrnida boʻlganligini koʻrsatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil