[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Jamoat salomatligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Delivery of malaria treatment by community health worker in Djénébougou, Mali. October 2013.
COVID-19 vaccination center, fair grounds Cologne, 1st vaccination
Installing E. 80th Street pipeline, Seattle, Washington, USA, 1931
The Addl. Secretary, Ministry of Health and Family Welfare, Shri Keshav Desiraju addressing at the launch of the media campaign of National Tobacco Control Programme, in New Delhi on February 02, 2012. The WHO Representative, Dr. Nata Menabde and other dignitaries are also seen.
Jamoat salomatligi sohasining turli jihatlari; yuqoridan pastga: Malidagi mahalliy sog‘liqni saqlash xodimi, emlash namunasi (Germaniyadagi COVID-19 ga qarshi emlash), Hindistondagi chekishga qarshi targ‘ibot harakati, AQShda o‘rnatilgan tarixiy umumiy oqava suv tizimining surati.

Jamoat salomatligi – jamiyat, tashkilotlar, davlat va xususiy sektorlar, jamoalar hamda shaxslarning uyushgan saʼy-harakatlari va oqilona tanlovlari orqali kasalliklarning oldini olish, hayotni uzaytirish va salomatlikni mustahkamlash fani va sanʼatidir[1][2]. Aholi salomatligining belgilovchi omillarini va u duch kelayotgan xavf-xatarlarni tahlil qilish jamoat salomatligi uchun asos hisoblanadi[3]. „Jamoatchilik“ bir necha kishidan iborat kichik guruhdan tortib butun qishloq yoki shahargacha boʻlgan hajmga ega boʻlishi mumkin. Pandemiya paytida u bir nechta qitʼani qamrab olishi mumkin. „Salomatlik“ tushunchasi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlikni oʻz ichiga oladi.

Jamoat salomatligi fanlararo soha hisoblanadi. Masalan, epidemiologiya, biostatistika, ijtimoiy fanlar va sogʻliqni saqlash xizmatlarini boshqarish kabi yoʻnalishlar bu sohaga tegishlidir. Boshqa muhim kichik sohalar qatoriga atrof-muhit salomatligi, jamiyat salomatligi, xulq-atvor salomatligi, sogʻliqni saqlash iqtisodiyoti, ijtimoiy siyosat, ruhiy salomatlik, sogʻliqni saqlash taʼlimi, sogʻliqni saqlash siyosati, mehnat xavfsizligi va salomatligi, nogironlik, ogʻiz boʻshligʻi salomatligi, sogʻliqni saqlashdagi gender masalalari hamda jinsiy va reproduktiv salomatlik kiradi[4]. Jamoat salomatligi birlamchi tibbiy yordam, ikkilamchi tibbiy yordam va uchlamchi tibbiy yordam bilan birgalikda mamlakatning umumiy sog‘liqni saqlash tizimining bir qismini tashkil qiladi. Jamoat salomatligi kasallik holatlari va salomatlik koʻrsatkichlarini kuzatish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish orqali amalga oshiriladi. Umumiy sogʻliqni saqlash tashabbuslariga: qoʻllarni yuvish, emizishni targʻib qilish, emlash, havo aylanishini va havoning sifatini yaxshilash, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish, chekishni toʻxtatish, semirishni oldini olish boʻyicha taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish kabilar kiradi.

Salomatlikka taʼrif

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) global sogʻliqni saqlash bilan shugʻullanadigan asosiy tashkilotdir.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, „Salomatlik – bu nafaqat kasallik yoki nogironlikning yoʻqligi, balki toʻliq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir.

Jamoat salomatligiga aloqador atamalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoat salomatligi butun dunyo miqyosidagi aholi salomatligi tushunchasi bilan chambarchas bogʻliqdir[5]“. U butun dunyo boʻylab barcha insonlarning sogʻligʻini yaxshilash va „hamma uchun sogʻlom hayot“ tamoyilida tenglikka erishishni ustuvor vazifa qilib qoʻyadigan soha sifatida taʼriflangan[6]. Xalqaro sogʻliqni saqlash – bu jamoat salomatligi bilan bogʻliq boʻlgan, mintaqaviy yoki milliy chegaralarda sogʻliqni saqlash bilan shugʻullanadigan sogʻliqni saqlash sohasidir. Jamoat salomatligi davlat tomonidan moliyalashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimi bilan farq qiladi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro sogʻliqni saqlash uchun mas’ul boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan agentligidir[7]. JSST Konstitutsiyasi tashkilotning boshqaruv tuzilmasi va tamoyillarini belgilab beradi hamda uning asosiy vazifasini „barcha xalqlarning imkon qadar eng yuqori darajadagi salomatlikka erishishi“ deb belgilaydi[8]. JSSTning keng qamrovli vakolatlari qatoriga umumiy sogʻliqni saqlash tizimini targʻib qilish, jamoat salomatligi xavflarini nazorat qilish, sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga javob choralarini muvofiqlashtirish hamda inson salomatligi va farovonligini yuksaltirish kiradi[9]. JSST sogʻliqni saqlash sohasidagi bir qancha yutuqlarda, ayniqsa, chechak kasalligini butunlay yoʻq qilish, poliomiyelitni bartaraf etish va ebola vaksinasini ishlab chiqishda yetakchi rol oʻynadi. Uning hozirgi ustuvor yoʻnalishlari qatoriga yuqumli kasalliklar, ayniqsa OIV/OITS, Ebola, COVID-19, bezgak va sil, yurak kasalliklari va saraton singari yuqumli boʻlmagan kasalliklar, sogʻlom ovqatlanish, oziq-ovqat xavfsizligi, mehnat gigiyenasi hamda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish kabi muammolar kiradi.

Sogʻliqni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarning maqsadi kasalliklar, jarohatlar va boshqa tibbiy holatlarining oldini olish va bartaraf etishdir. Umumiy maqsad aholi salomatligini yaxshilash va umr koʻrish davomiyligini oshirishdan iborat.

  1. "Public health: the science of promoting health" (en). Journal of Public Health 19 (3): 205–206. June 2011. doi:10.1007/s10389-011-0412-8. ISSN 1613-2238. 
  2. "The untilled fields of public health". Science 51 (1306): 23–33. January 1920. doi:10.1126/science.51.1306.23. PMID 17838891. https://zenodo.org/record/1448241. 
  3. „What is Public Health“. Centers for Disease Control Foundation. Atlanta, GA: Centers for Disease Control. Qaraldi: 2017-yil 27-yanvar.
  4. "Anthropology in public health. Bridging differences in culture and society.". Journal of Epidemiology & Community Health 55 (7): 528b–528. 2001-07-01. doi:10.1136/jech.55.7.528b. ISSN 0143-005X. PMC 1731924. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1731924. 
  5. "The World Health Organization and the transition from "international" to "global" public health". American Journal of Public Health 96 (1): 62–72. January 2006. doi:10.2105/AJPH.2004.050831. PMID 16322464. PMC 1470434. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1470434. 
  6. "Towards a common definition of global health". Lancet 373 (9679): 1993–1995. June 2009. doi:10.1016/S0140-6736(09)60332-9. PMID 19493564. PMC 9905260. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9905260. 
  7. „The U.S. Government and the World Health Organization“ (en-US). The Henry J. Kaiser Family Foundation (2019-yil 24-yanvar). 2020-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  8. „WHO Constitution, Basic Documents, Forty-ninth edition“. WHO (2020). 2020-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „What we do“ (en). World Health Organization. 2020-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.