[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Irkutsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IrkutskRossiya Federatsiyasidagi shahar (1686 yildan), Irkutsk viloyati markazi. Angara daryosiga Irkut daryosi quyiladigan joyda. Baykal koʻlidan 66 km gʻarbda. Temir yoʻl stansiyasi, Angara daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 606 ming kishi (2024-yillar oʻrtalari). 1661 yilda vujudga kelgan. Angara daryosida Irkutsk GES qurilgan. Mashinasozlik sanoati rivojlangan (ogʻir mashinasozlik, stanoksozlik, aviatsiya zavodi, elektrotexnika zavodlari bor). Slyudaga ishlov berish fabrikasi (radio va elektr sanoati uchun detallar), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 8 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 4 teatr, memorial majmua, dirk, telemarkaz, planetariy, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar ishlab turibdi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil