[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Irises (kartina)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irises
: '
Rassom Vincent van Gogh
Yil 1889-yil
Joylashuvi J. Paul Getty muzeyi, Los-Anjeles, Kaliforniya

Irises“ — Vincent van Goghning koʻplab iris surati tushirilgan asarlaridan biri. Asar 1890-yilda yaʼni rassomning vafotidan bir yil avval Fransiyaning Saint-Rémy-de-Provence shahriga qarashli Saint-Paul de Mausoleda joylashgan Ruhiy kasalliklar shifoxonasida chizilgan.

Van Gogh 1889-yilning may oyida, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan haftadan boshlab Irises suratini chizishni boshlagan. Suratni Van Gogh asosan kasalxona bogʻida yaʼni tabiat qoʻynida chizgan. Rassomning asarlarida yaqqol koʻzga tashlanadigan yuqori kayfiyat hissi bu asarda koʻzga tashlanmaydi. Rassom suratni „kasalligimning chaqmoq tayoqchasi“ deb atagan, chunki chizayotgan bu surati uni aqldan ozishdan saqlayotganiga ishongan.

Ehtimol, Van Gogh oʻsha davrning boshqa rassomlari singari, yapon ukiyoe sanʼat maktabida yaratilgan asarlardan ilhomlangan boʻlishi mumkin. Van Gogh bu suratga qoralama sifatida qaragan. Shuning uchun asarning bizga maʼlum boʻlgan aniq tasviri yoʻq. Van Gogning akasi Theo undan farqli oʻlaroq rasmga ijobiy munosabatda boʻlgan va asarni 1889-yil sentyabr oyida Société des Artistes Indépendantsda boʻlib oʻtayotgan yil koʻrgazmasiga Starry Night Over the Rhône (Yulduzli tun) asari bilan birga taqdim etgan. Theo Vincentga koʻrgazma borasida shunday deb yozgan: „Rasm uzoqdan qaraganda koʻz qamashtiradi. Irises hayot nafasini oʻzida jamlagan goʻzal asardir“.

Asarning mulk huquqi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratni qoʻlga kiritgan birinchi sohibi sanʼat asarlari sotuvchisi va Vincent van Goghning homiysi Julien "Père" Tanguy boʻlgan. Van Gogh Tanguyning portretini uch marta chizgan. 1892-yilda Tanguy "Irises"ni Van Goghning homiylaridan biri boʻlgan sanʼatshunos va anarxist Oktav Mirboga sotgan[1]. Mirbo surat uchun 300 frank toʻlagan.

Surat 1987-yilda eng yuqori narxda sotilgan sanʼat asari boʻlgan va bu mavqeni ikki yarim yil davomida oʻzida saqlab qolgan[2][3]. Keyinchalik asar Alan Bondga 53,9 million dollarga sotilgan, ammo Bondda suratni sotib olish uchun yetarli mablagʻ boʻlmagan[4]. Irises asari 1990-yilda Los-Anjelesdagi J. Pol Getti muzeyiga sotib yuborilgan[5].

  1. „Irises“. J. P. Getty Museum. 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 nisan 2017.
  2. „Van Gogh's 'Irises' Sells for $53.9 Million“ (İngilizce). The New York Times (12 kasım 1987). 8 nisan 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 nisan 2017.
  3. „Van Gogh Painting Sells at Record $82.5 Million : Art: 'Portrait of Dr. Gachet' is auctioned to a Japanese gallery. The previous high price was $53.9 million.“ (İngilizce). Los Angeles Times (16 mayıs 1990). 25 şubat 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 nisan 2017.
  4. „History for November 11“. On-This-Day.com. 6 ağustos 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 kasım 2012.
  5. „Getty Buys van Gogh 'Irises,' but Won't Tell Price“ (İngilizce). The New York Times (1990-yil 22-mart). 5 nisan 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 nisan 2017.