[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Informatsiya nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Informatsiya nazariyasi - informatsiya (axborot, maʼlumot, xabar) ni toʻplash, saqdash, qayta ishlash va tarqatish usullarini tadkiq qiladigan fan sohasi; kibernetikannt asosiy qismlaridan biri. I. n. ga 1948—49-yil larda amerikalik olim K. Shennon asos solgan. Keyinchalik dunyoning boshqa yirik olimlari I. n.ni rivojlantirishgan. I. n. da tadkikrtlarning muhim vazifalaridan biri informatsiyani tarqatishning eng maqbul (optimal) usullarini topishdan iborat. Bunda asosiy koʻrsatkich informatsiyani tarqatish ishonchliligi va tezligi hamda shular bilan bogʻliq ravishda erishiladigan sifatning nazariy chegarasini aniqlash hisoblanadi. I. n. statistik mohiyatga ega, shuning uchun undagi matematik usullarning koʻpchiligi ehtimollar nazariyasita suyanadi.

Xotira qurilmasiyaa saqlash yoki aloqa kanali boʻyicha uzatish uchun moʻljallangan maʼlumotlar (xabarlar) dagi informatsiyalar soni oldindan toʻliq maʼlum boʻlmaydi. Oldindan faqat shu informatsiyalarni tanlab olish mumkin boʻlgan koʻplab maʼlumotlar (xabarlar ehtimoli) maʼlum boʻladi. Zarur informatsiya ana shu koʻplab maʼlumotlar ichidan tanlab olinadi. Tanlangan informatsiyani qayd qilish uchun ikkilik belgilar soni qabul qilinadi (qarang Ikkilik kod, Ikkilik sanoq sistemasi).

Aloqa kanali tushunchasi juda umumiy maʼnoga ega. Keng maʼnoda — informatsiyani uzatish uchun moʻljallangan har qanday aloqa qurilmasi. Lekin I. n. da ran aloqa kanali texnikasi ustida emas, balki informatsiya uzatish nazariyasi ustida ketadi. Mas, geometriyada ran biror narsa qanday materialdan qilinganligi ustida emas, balki uning hajmi ustida yuri-tilganidek, I. n. da ham ran aloqa qurilmalarining tabiati ustida yuri-tilmaydi, balki aniq aloqa tizimlari I. n. da uzatilishi mumkin boʻlgan informatsiya miqdori nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Aloqa kanali boʻyicha kod yordamida uzatiladigan xabarlarni kanal (kirish) signallariga aylantirishga (yaʼni kodlashga) toʻgʻri keladi. Ular uzatilgandan soʻng ana shu signallar xabarlarga (chiqish signallariga) aylantiriladi (yaʼni dekodlanadi). Kirish va chiqish signallarining tuzilishi (strukturasi)ga qarab, kanallar diskret (uzlukli) va uzluksiz xillarga ajratiladi. Diskret kanallarda kirish va chiqishdagi signallar bir xil yoki har xil "alfavitlar" ning "harflari" ketma-ketligidan iborat boʻladi. Uzluksiz kanallarda kirish va chiqish signallari uzluksiz parametr — vaqtning funksiyasi (t) dir.

I. n. da "xabar", "maʼlumot", "aloqa kanali" va b. tushunchalar keng maʼnoda qoʻllanadi. Masalan, I. n. nuqtai nazaridan xabarlar manbai mumkin boʻlgan koʻplab xabarlar va ularga tegishli ehtimolliklar majmuidan iborat boʻlishi mumkin. Xabarlarni ehtimolliklar orqali kodlash uchun zarur ikkilik belgilarning oʻrtacha soni mi-nimumini ifodalaydigan oddiy formula yoʻq. Buning uchun I. n. da ishlab chiqilgan murakkab formulalardan foydalaniladi.

Erkin Yoqubov, Norbek Taylaqov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil