[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ilom ustoni

Koordinatalari: 33°38′18″N 46°25′21″E / 33.63833°N 46.42250°E / 33.63833; 46.42250
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilom
forscha: ایلام‎ / Ilâm
Uston
Maʼmuriy markazi Ilom
Yirik shahari Ilom
Rasmiy tili forscha
Aholi 545 787
Millatlar tarkibi lurlar, forslar, kurdlar, arablar
Maydoni 20 133 km²
(oʻ %)
Xaritada
33°38′18″N 46°25′21″E / 33.63833°N 46.42250°E / 33.63833; 46.42250

Ilom viloyati

Ilom viloyati Eronning gʻarbida joylashgan boʻlib, gʻarbdan Iroq, janubdan Xuziston ustoni, sharqdan Luriston ustoni va shimoldan Kermanshah ustoni bilan chegaradoshdir. Viloyat 7 ta tuman, 19 ta baxsh (tumandan kichik hudud), 39 ta qishloq va 20 ta shahar mavjud. Ilom viloyati Eron platosi va Zagros tog' tizmasi orasida joylashgani bois goʻzal tabiiy manzaralarga boydir.

Ushbu viloyatda Atlantika okeani, Oʻrta yer dengizi va Qora dengiz tarafidan keladigan shamollar taʼsiri ostida kuzgi va qishgi yogʻinlar koʻp. Sudan, Qizil dengiz va Arabiston choʻllaridan keladigan gʻarbiy oqimlar natijasida qish va bahor oylarida yogʻinlar sodir boʻladi, yoz esa issiq oʻtadi. Ilom, Eyvon va Arkuz Malakshoxiy mintaqalarida qish moʻtadil, yozda esa havo quruq boʻladi. Viloyatning Mehron va Dahlaron choʻllari joylashgan gʻarbiy va janubiy qismlarining iqlimi choʻl iqlimiga xosdir.

Togʻlari va daryolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilom viloyati ikki qismga: togʻli va choʻlli hududga boʻlinadi. Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismi togʻli hududdan iborat boʻlib, Zagros togʻ tizmasining davomidir, Kabir Kuh va Dinor Kuh viloyatdagi eng muhim togʻ tizmalaridandir. Kabir Kuh Ilom shahrining janubiy qismidan boshlanib, Xuzistondagi Kerxe daryosigacha boradi va uning umumiy uzunligi 160 km.ni tashkil etadi. Kabir Kuhning eng baland nuqtasi "Kone Seyfiy" deb nomlanib, uning balandligi 3062 metrni tashkil etadi. Ilom viloyati, asosan, togʻli mintaqa va uning ob-havosi qulay boʻlgani uchun viloyat yerining katta qismi turli oʻsimlik va daraxtlar bilan qoplangandir. Viloyat oʻrmonlari ushbu viloyatning 500 ming gektarini egallagan. Viloyatda keng haqiqiy choʻl mavjud emas. Viloyat janubidagi Dahlaron shahrida "Ayni Xush" va "Abu Gʻarib" deb nomlangan issiq va quruq iqlimli joy boʻlib, 80 ming gektar yeri qumlar bilan qoplangandir.

Ilom viloyati nomining tarixi haqida turli taxminlar mavjud. Zamonaviy Ilom viloyati hududining bir qismi qadimgi Elam davlatiga tegishli boʻlib, Elam somiy tilida "togʻ" degan maʼnoni anglatadi. Bundan tashqari, boshqa taxminlarga koʻra Ilom "Olomtu" (yunon tilida "Alhois") soʻzidan olingan boʻlib, "togʻ" va "quyoshning chiqishi" degan maʼnolarni beradi. Elamliklar oʻz mamlakatlarini "Xudoning yeri" (xatamati, xatomi) deb atashgan, lekin shumerliklar va akkadlar bu yerlarni Elam, yani "baland" deb ataganlar. Ilom sosoniylar davrida Pahle yerlariga kirgan. Ilom hijriy-qamariy taqvim boʻyicha IV asrdan VI asrgacha Ajam Iroqi hududiga kirgan va arablar hukmronligi davrida Katta Lur (Baxtiyoriylar) va Kichik Lur (Luriston)ga boʻlingan. Otabeklar saroyi boʻlib xizmat qilgan Falak ul-Aflok Qalʼasi Luriston va hozirgi Ilomga hukmronlik qilgan. Ilom viloyatiing aholisi oriyolik boʻlib, Eronning eng muhim qavmlari — kurdlar, lurlar va arablardan tashkil topgan[1].

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻti Ilom qalʼasi, Qiron qalʼasi, Hafto darasi, Govmishon tarixiy koʻprigi Ilom viloyatining tarixiy joylaridir.

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 56-60-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.