Ilmiy unvon
Qiyofa
Ilmiy unvon — oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon. Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida dotsent va professor, ilmiy tadqiqot muassasalarida katta ilmiy xodim, professor I.u.lari joriy etilgan. Professor, dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi boʻlgan va oliy oʻquv yurti yoki ilmiy tadqiqot muassasasida pedagogik yoki ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida yetarli malaka koʻrsatgan shaxslarga oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot institut ilmiy kengashlari tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |