Ilir Meta
Ilir Meta (1969-yil 24-mart, Chorovoda) – alban siyosatchisi, Albaniyaning sobiq prezidenti[1][2][3]. 1999-yildan 2002-yilgacha Albaniya Bosh vaziri. 2002-yildan 2003-yilgacha va 2009-yildan 2010-yilgacha tashqi ishlar vaziri. 2013-yildan Albaniya parlamenti spikeri. Chap va oʻng hukumatlarda Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot, savdo, energetika vaziri lavozimlarida ishlagan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tirana universitetining iqtisod fakultetining siyosiy iqtisod boʻlimini tamomlagan, aspiranturada ham tahsil olgan. Tirana universitetining Iqtisodiyot fakultetida oʻqituvchi boʻlgan. Bir qancha taniqli universitetlar va xorijiy akademiyalarda, jumladan Garvard universiteti, London iqtisodiyot maktabi va Berlindagi Yevropa akademiyasida maʼruzalar oʻqigan.
Albaniya Sotsialistik partiyasi (PS) aʼzosi sifatida Meta 1999-yildan 2002-yilgacha bosh vazir lavozimida ishlagan. Keyinchalik 2004-yilda Integratsiya uchun sotsialistik harakatga (LSI) asos solgan va partiyani boshqarishda davom etmoqda. 2009-yildan 2013-yilgacha LSI Demokratik partiya bilan hukumat koalitsiyasining aʼzosi boʻlgan.
2013-yilgi parlament saylovlaridan soʻng Ilir Meta 2013 yil 10 sentyabrda parlament spikeri etib saylandi. 2017-yil 28-aprelda Albaniya prezidenti etib saylandi. Uning nomzodi uchun 140 deputatdan 87 nafari ovoz berdi[4].
Anvar Xoʻja davridagi qatagʻonlarni qoralagan[5][6].
2021-yil 9-iyun kuni parlament prezidentga ishonchsizlik votumini eʼlon qildi. 104 nafari „maʼqul“, 7 nafari „qarshi“, 3 nafari „betaraf“ ovoz berdi[7]. Yakuniy qaror Konstitutsiyaviy sud tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi[8]. Meta avvalroq impichment boʻyicha tergov qoʻmitasiga kelishdan bosh tortib, „konstitutsiyaga zid va noqonuniy institutdan kelgan har qanday soʻrovni eʼtiborsiz qoldirishini“ aytgandi[9].
Ilir Meta alban, ingliz va italyan tillarida gapiradi. Monika Kruemazi bilan turmush qurgan. Ularning Bora, Era va Besar ismli ikki qizi va bir oʻgʻli bor. 2017-yilda Albaniya prezidenti etib saylangan. 2017-yil 24-iyulda lavozimga kirishdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Президент Албании Биография“ (sq). Президент Албании Официальный сайт. 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-aprel.
- ↑ „Ilir Meta zgjidhet president i Shqipërisë“ (Albanian). rtsh.al (28-aprel]] 2017). 20-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2018-yil. (Wayback Machine saytida 20-aprel 2019-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Ilir Meta, president i ri i Shqipërisë“ (albancha) (28-aprel]] 2017).
- ↑ „Ilir Meta, president i ri i Shqipërisë“ (sq) (2017-yil 28-aprel). 2019-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ „45-VJETORI I REVOLTËS ANTI-KOMUNISTE NË SPAÇ“. 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Meta publikon listën e 'Grupit të Deputetëve' të opozitës të ekzekutuar: Rama krenohet në kuvend se babai i tij vrau poetin Havzi Nelën“. 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-oktyabr.
- ↑ Екатерина Гусева. „Албания: президента просят уйти“ (ru). euronews (2021-yil 10-iyun). 2021-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
- ↑ „Albanian MPs have just voted to impeach their president. Here's why“. euronews (2021-yil 9-iyun). 2021-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
- ↑ „Albanian President says impeachment investigation is "illegal"“. euronews (2021-yil 18-may). 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.