[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hisor vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hisor vodiysi - Tojikiston Respublikasining gʻarbidagi togʻlararo botiq. Hisor tizmasining janubiy chek-kasi va Bobotogʻ bilan Qoratogʻning shimoliy chekkalari orasida. Uzunligi 115 km. Eng keng joyi 20 km. Balandligi 700–1000 m. Janubidan Afgʻon — Tojikiston botigʻidan deyarli meridian yoʻnalish boʻylab choʻzilgan tizmalar bilan oʻralgan. Yer yuzasi vodiydan oqib oʻtuvchi Kofarnihon, Varzob, Dushanba, Xonaka, Iloq va boshqa daryo terrasalari va yoyilma konuslaridan iborat. Vodiy tektonik botiqda joylashgan boʻlib, mezokaynozoy davri choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan. Hisor vodiysi atrofi togʻlar bilan oʻralganligi sababli iklimi ancha yumshoq. Yozi issiq va quruq. qishi qisqa va iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —0,7°, G, iyulniki 28°. Yillik yogʻin 500–600 mm. Vodiyda, asosan, toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan; choʻl, chalachoʻl va dasht oʻsimliklari, daryo boʻylarida turli daraxtlar oʻsadi. Hisor vodiysi hududi deyarli oʻzlashtirilgan va bu yerda madaniy lan-dshaftlar keng tarqalgan. Daryolarning quyi qismlaridagi botqoqli toʻqayzorlar ham quritilib, ekinzorlargʻa aylantirilgan. Vodiy yer resurslaridan unumli foydalanish maqsadida Katta Hisor kanali qurilgan. Paxta, kunjut, galla, poliz ekinlari yetishtiriladi, mevali bogʻlar barpo qilingan, togʻ yon bagʻirlarining 1200–2000 m balandliklari subtro-pik dashtlardan iborat. Butazorlar, daraxtzorlar bor. Oʻzlashtirilgan yerlarida gʻalla ekinlari ekiladi, mevali daraxtlar oʻstiriladi, undan balandda subalp va alp oʻtloqlari uch-raydi. Hisor vodiysida Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanba, shuningdek, Tursunzoda, Vaxdat (sobiq Orjonikidze) shaharlari joylashgan.