Hamd
Qiyofa
Hamd (arab. — ulugʻlanish, taʼriftavsif, madh) — biror kimsa shaʼ-niga maqtov sheʼr. Sharq mumtoz adabiyotida Allohni madh etuvchi H.lar koʻp yaratilgan, ular odatda doston muqaddimasining maxsus bobi boʻlgan. Mas, Alisher Navoiy, Mashrab, Munis, Ogahiy va boshqa shoirlar devonlari H. gʻazallar bilan boshlanadi. H. gʻazallar 2 xil boʻla-di: tavhid H.lar, munojot H.lar. Ali-sher Navoiy ijodida har ikki koʻrinishdagi H. gʻazallar koʻp uchraydi. ayniqsa uning "Xamsa" sidagi dostonlarda H.ning goʻzal namunalari bor. Oʻtmishda nasriy asarlar ham qisqacha H. bilan boshlangan. Shuningdek, qadimgi turkiy, arab va fors adabiyotida paygʻambarlar, shohlar va boshqa shaʼniga ham H.lar bitilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻafforova 3., Navoiyninghamd va naʼt gʻazallari, T., 2001.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |