[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Hakam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hakam (sportda) — sport musobaqasini nazorat qiluvchi, uning belgilangan qoidalar asosida oʻtishini taʼminlovchi, qatnashchi sportchilarning natijalarini baholovchi, uchra-shuv paytida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etuvchi, umuman musobaqaning aniq meʼyorlar asosida oʻtishiga masʼul shaxs. Hakamlar sport turlari musobaqalarida bajaradigan vazifalariga qarab quyidagicha nomlanadi: komissar, nazoratchi Hakam, bosh Hakam, katta Hakam, ikkinchi Hakam, yordamchi Hakam, darvoza ortidagi Hakam, uchrashuv sof vaqtini hisoblovchi Hakam, toʻr oldidagi Hakam, chiziqdagi Hakam, kotib Hakam va hokazo Musobaqadan keyin tuzilgan Hakamlar qarori tashkilotchilar tomonidan yakuniy xulosa uchun qabul qilinadi. Baʼzi hollarda Hakamlar qaro-riga aniqlik kiritish uchun elektron uskuna koʻrsatkichlari, fototasvir va videoyozuvlardan foydalaniladi. Hakamlar xalqaro, milliy (respublika), 1, II va III toifalarga boʻlinadi.