[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gurzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gurzi, gurz — kadimdan ishlatib kelingan jang quroli. Turkiy xalqlar orasida choʻmoq, choʻqmor, toʻpuz, bulav deb ham yuritilgan. Yarim metr chamasi pishiq yogʻoch dasta uchiga ogʻir metalldan tikanli qilib ishlangan shar oʻrnatilgan. Gurzining olti qirrali-shashpar, sigir boshi shaklli — govsar turlari mavjud boʻlgan. Gurzi bilan asosan ogʻir suvoriylar qurollantirilgan. 17-asrdan Ukrainada hukmronlik (getmanlik) belgisi sifatida qoʻllangan.[1]

  1. "Gurzi" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil