Gidridlar
Gidridlar— kimyoviy elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari. Tuzsimon, metallsimon, uchuvchan gidridlarga boʻlinadi.
Tuzsimon gidridlarga ishqoriy va ishqoriyer metallarning gidridlari kiradi. Bu gidridlarda bogʻlanish ionli boʻlib, vodorod atomi manfiy zaryadlanadi. Tuzsimon gidridlar oq kristall modda, yuqori temperaturada vodorod ajratib suyuqlanadi. Bunday gidridlarni olish uchun metallar yuqori temperaturada vodorod atmosferasida qizdiriladi. Kuchli qaytaruvchi (mas, metallarni oksidlaridan yoki galogenidlaridan qaytarish, poʻlat va qiyin suyuqdanuvchan metallar yuzasidagi qurumni yoʻqotishda) va istiqbolli raketa yonilgʻisi sifatida qoʻllanadi.
Metallsimon gidridlar kimyoviy bogʻlanishi jihatdan metallarga yakin boʻlib, metallarning kristall panjarasida vodorod atomlarining joylanishi natijasida hosil boʻladi. Metallsimon gidridlar — xrom, marganes, temir, mis va platina guruhidagi metallarning gidridlari tegishli metallarni yuqori temperaturada vodorod atmosferasida qizdirish yoʻli bilan olinadi.
Uchuvchan gidridlar — davriy sistemaning IV, V, VI va VII guruhlari bosh guruhlaridagi elementlarning gidridlarida kimyoviy bogʻ qutbli yoki kovalent boʻladi. Ularga SiH4, SnH4, PH3, AsH3, SbH3, H2S, H2Se, H2Te va quyi borvodorodlar kiradi. Shu guruxdardagi ogʻir zlementlarning gidridlari beqaror. Gidridlar organik moddalarni sintez qilishda, kuchli qaytaruvchi sifatida qoʻllanadi. Texnikada yuqori vakuum ostida vodorod biriktirish uchun ishlatiladi (mas, kizdirilgan metallarga suv bugʻi taʼsir ettirish usuli). Gidridlar oʻzgaruvchan valentli metallarning turli kimyoviy reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini oʻtaydi. gidridlarning termik parchalanishi natijasida baʼzi elementlar (mas, kremniy, germaniy) sof holda olinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |