[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Genshin Impact

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Genshin Impact
Ishlab chiqaruvchi  KOR miHoYo Limited
Nashir etuvchi miHoYo Limited
HoYoverse
Cognosphere
Chiqarilgan sana
  • Windows, iOS, Android, PlayStation 4
  • 28-sentyabr 2020-yil
Janr Ekshn/RGP
Platformalar PlayStation 4, PlayStation 5, Windows, iOS, Android

„Genshin Impact“ (xitoycha: 原神 Yuanshen, yaponcha: 原神 Gensin, soʻzma-soʻz: Dastlabki Xudo) — bu Xitoyning „miHoYo Limited“ kompaniyasi[1] tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter oʻyini elementlariga (RPG) ega ochiq dunyoli jangovar-sarguzashtli videooʻyin. Oʻyin bepul oʻynash modelida raqamli uzatish orqali tarqatilgan, lekin oʻyin uning ichida haqiqiy valyutadan foydalanadigan doʻkonga ega. Genshin Impact oʻyinda „ibodat“ deb ataladigan „gacha oʻyin“ tizimiga asoslangan[2]. Genshin Impact oʻyin olamida „Archon“ deb nomlangan alohida xudo tomonidan boshqariladigan, har biri oʻziga xos unsur bilan bogʻlangan yetti xil xalq yashovchi Teyvat nomli fantaziya dunyosida boʻlib oʻtadi. Syujet Teyvatda ajralishdan oldin egizak akasi yoki singlisi (oʻyinchi oʻyin boshida kimni tanlashiga qarab) bilan son-sanoqsiz olamlarni kezib chiquvchi Sayohatchi (Traveller) ismli qahramon haqida. Sayohatchi hamrohi Paymon bilan birgalikda yoʻqolgan egizakini qidirish bilan birga Teyvat xalqlarining kunlik hayotida ishtirok etadi.

Genshin impact qahramonlari kospleyerlari

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Genshin Impact 2019-yil iyun oyida eʼlon qilingan va 2020-yilda Windows hamda iOS platformalari uchun chiqarilishi rejalashtirilgan. Birinchi treyler „The Legend of Zelda: Breath of the Wild“ kompyuter oʻyinidan ilhomlangan, atmosfera, ko‘rinish, boshqotirma va jumboqlarning katta qismini oʻz ichiga olgan katta olamni namoyish etgan. Iyun oyining oxirida beta-test versiyasi ishga tushirilgan[3][4].

Sony ChinaJoy 2019 taqdimotida o‘yinning PlayStation 4 da[5] chiqarilishi eʼlon qilindi. Nintendo Switch versiyasi keyinroq 2020-yil 13-yanvarda eʼlon qilindi[6]. Shuningdek, 28-aprelda[7] PlayStation 5 da chiqarilishi haqida xabar berildi.

6-avgust kuni „miHoYo“ oʻyinni 2020-yilning kuzida chiqarilishini rasman tasdiqladi[8].

Sharhlar va ommaboplik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviapark savdo markazidagi Genshin Impact koʻrgazmasi, Moskva (2022)

Genshin Impact oʻyinining ishga tushirilishi Xitoy oʻyinlari orasida eng ommaviyiga aylangan, ishga tushirilgandan bir necha soat oʻtgach, Twitch servisi translyatsiyasidagi tomoshabinlar soni 110 mingdan oshgan[9][10]. Sensor Tower maʼlumotlariga koʻra, oʻyinning mobil versiyalari bir hafta ichida 60 million dollarga yaqin daromad keltirgan[11]. Ikki haftadan kamroq vaqt ichida oʻyin oʻz ishlab chiqaruvchilariga 100 million dollardan koʻproq foyda keltirgan va oʻz samarasini bergan[12]. Birinchi oyda oʻyinning mobil versiyasining oʻzi yaratuvchilarga 245 million dollar daromad keltirgan[13]. Ikki oy ichida oʻyinning mobil versiyasi oʻz yaratuvchilari 393 million dollar daromad koʻrgan va shu davrdagi ikkinchi eng yuqori daromadli mobil oʻyinga aylangan[14]. Genshin Impact Google Play[15] va Apple[16] tomonidan „2020-yilning eng yaxshi oʻyini“ deb topildi. Shuningdek, oʻyin, The Game Awards 2020 da „Eng yaxshi RPG“ va „Eng yaxshi mobil oʻyin“ nominatsiyalariga nomzod boʻldi.

2021-yil 28-sentabrda Google Play ilovalar doʻkonida oʻyin bahosi keskin tushib ketdi[17]. Bunga oʻyinda toʻplangan muammolar sabab boʻlgan va yubiley mukofotlari oʻyinchilar tomonidan oʻyin tarixidagi bunday muhim voqea uchun yetarli emas deb hisoblangan[18]. Keyinchalik „miHoYo Limited“ muxlislar uchun maxsus sovgʻalar tayyorlangani haqida bayonot chiqardi[19].

  1. Lai, Sam. „Open-world ARPG Title Genshin Impact available for its Latest Closed Beta Tomorrow, March 19“ (en). www.gamasutra.com. 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  2. Gene Park reporter. „‘Genshin Impact’ tries an interesting live service trick: Make a good game at launch“ (en) (september 30, 2020 at 4:01 p.m. gmt+3). 2020-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  3. Young, Rory (8 июня 2019), „Zelda-Inspired Open World Action Game 'Genshin Impact' Announced“, gamerant.com (inglizcha), 2020-09-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-29 {{citation}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  4. Herndandez, Patricia (21 июня 2019), „That Breath of the Wild anime 'clone' actually looks impressive“, www.polygon.com (inglizcha), 2020-11-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-29 {{citation}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  5. Romano, Sal (1 Aug 2019), „Genshin Impact coming to PS4 in 2020“, gematsu.com (inglizcha), 2020-10-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-29
  6. Тихонов, Денис. „Ролевая игра Genshin Impact выйдет на Nintendo Switch“ (ru). https://3dnews.ru/. 3DNews (2020-yil 14-yanvar). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  7. Шевкун, Михаил. „Genshin Impact доберётся до PS5 уже 28 апреля вместе с обновлением 1.5“ (ru). Игромания (2021-yil 16-aprel). 2021-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  8. Миркин, Евгений. „Условно-бесплатный ролевой экшен Genshin Impact выйдет на ПК и мобильных платформах 28 сентября“. https://3dnews.ru/. 3DNews (2020-yil 19-avgust). 2020-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  9. Владимир Макаров. „Genshin Impact показала крупнейший международный старт среди китайских игр“ (ru). Игромания (2020-yil 2-oktyabr). 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  10. Евгений Миркин. „Международный запуск Genshin Impact стал самым успешным из всех китайских игр“ (ru). 3DNews (2020-yil 3-oktyabr). 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
  11. Георгий Киракосян. „Мобильная версия Genshin Impact заработала 60 млн долларов за первую неделю“ (ru). Игромания (2020-yil 7-oktyabr). 2020-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  12. Евгений Ассесеров. „Условно-бесплатный экшен Genshin Impact уже окупился и начал приносить своим авторам прибыль“ (ru). IGN Россия (2020-yil 12-oktyabr). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  13. Владимир Макаров. „За месяц мобильная Genshin Impact заработала около 250 миллионов долларов“ (ru). Игромания (2020-yil 29-oktyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-oktyabr.
  14. Георгий Киракосян. „Genshin Impact заработала почти 400 млн долларов за два месяца“ (ru). Игромания (2020-yil 2-dekabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  15. Дмитрий Кривов. „Genshin Impact - лучшая мобильная игра 2020 года по версии Google“ (ru). iXBT.games (2020-yil 2-dekabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  16. Dean Takahashi. „Apple names Genshin Impact as iPhone game of the year“ (en). VentureBeat (2020-yil 2-dekabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  17. Paul Tassi. „Genshin Impact Players' Last Resort Is Review Bombing The Game Over Anniversary Rewards“ (en). Forbes. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  18. Chaos Killer. „Игроки массово занизили рейтинг Genshin Impact в Google Play — они недовольны наградами за годовщину MMO — Индустрия на DTF“. DTF (2021-yil 28-sentyabr). 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
  19. „Авторы Genshin Impact о критике игроков: «Мы приготовили еще больше подарков для фанатов»“. Cyber.Sports.ru. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.