[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gemato-ensefalik baryer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gemato-ensefalik baryer (gemato... va yun. enkephalos — bosh miya) — orqa miya suyuqligi va miya oʻrtasidagi moddalar almashinuvini tanlab boshqaradigan fiziologik tuzilma, toʻsiq. G-e.b. tarkibiga miya kapillyarlari endoteliysi, neyrogliya elementlari, miya tomirlarining chigallari, miya qobiqlari va b. kiradi. G-e.b. markaziy nerv sistemasini qonga yot moddalar (zaharlar, viruslar va hokazo), shuningdek dori moddalari (mishyak, simob birikmalari) tushishidan himoya qiladi hamda orqa miya suyuqligining tarkibi va xossalarini tartibga solib turadi. G-e.b. faoliyati vegetativ nerv sistemam va ichki sekresiya bezlari ajratgan mahsulotlar tomonidan boshqariladi. G-e.b. gistogematik baryerlar guruhiga mansub.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil