[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gelmintozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gelmintozlar (yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va oʻsimliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sharoitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigiyenik koʻnikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijjalar uchraydi. Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, sestodalar, trematodalar va akantotsefallar parazitlik qiladi. Shunga koʻra tekshirish chogida topilgan gijjaning sinfiga karab nematodoz, sestodoz, trematodoz, akantotsefjj GJ gi

kabi guruhlarga ajratiladi; har bir guruhga bir necha turdagi gijjalar kiradi. Mas, enterobioz, askaridoz nematodoz guruhiga, hoʻkiz solityori, choʻchqa solityori, keng tasmali gijjalar sestodozlar guruhiga mansub. Odam gijjalarning oraliq yoki mutlaq xoʻjayini boʻlishi mumkin. G. kechishida oʻtkir va surunkali davr farq qilinadi. Olimlar orasida odamda gelmintlarning boʻlishi maʼlum jihatdan uning qrn guruhiga ham boglik, degan fikrlar mavjud. Oʻzbekistonda G.dan enterobioz, gimenolepidoz va askaridoz koʻproq uchraydi. Gelmintlar odamning nafas olishi, ovqat hazm qilishi, muskul sistemasi, jigar, taloq, qon, miya, koʻz va b. aʼzolarida parazitlik qiladi. Gijjalarning xili, soni va qaysi aʼzoda boʻlishiga qarab kasallik har xil kechadi. G.da odamning vazni hamisha kamayadi, u lanj, injiq boʻlib qoladi, boshi aylanadi va hokazo. Gijja ichakda boʻlsa, ich qotadi yoki ich ketadi, koʻngil ayniydi, baʼzan bemor qayt qiladi, jigarda boʻlsa, koʻz oqi va badan sargʻayadi, oʻpkada boʻlsa, yoʻtal tutadi. G.da koʻpincha mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi oʻsmaydi, xotirasi susayadi va hokazo. Gijjalarning lichinkalari yoki tuxumlari topilishiga qarab tashhis qoʻyiladi. Serologik reaksiyalar (immun fluoressentlash, bevosita gemag-glyutinatsiya reaksiyalari va hokazo)dan foydalanish G.ni erta aniqpash va vaqtida tashhis qoʻyish imkonini beradi.

G.ning oddini olish uchun aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borish, pokizalikka rioya qilish muhim. Ayniqsa, yasli-bogʻchaga qatnaydigan bolalarning har biriga alohida tuvak boʻlishi va qoʻllarini bot-bot sovunlab yuvib turishiga alohida eʼtibor berish lozim. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, chala pishirilgan ovqatni isteʼmol qilmaslik, koʻkat va mevalarni obdon yuvib ishlatish, xom goʻsht toʻgʻrashga ishlatiladigan taxtakachni pishganiga ishlatmaslik G.ning keskin kamayishiga olib keladi. Koʻkatlarni ishlatishdan I soat oldin 3%li osh tuzi eritmasiga solib qoʻyib, keyin yaxshilab chayib tashlansa, gijja tuxumlari butkul yoʻqoladi. Gijjalarning turiga qarab G.ning davosi har xil. Bemorni davolashda yaxshi naf beradigan dorilar mavjud. Ularni faqat vrach bilan maslahatlashib qoʻllash lozim.

Hayvonlarning G.ni yuqtirish yoʻllari turlicha. Gelmint tuxumlari yoki lichinkalari boʻlgan yem-xashak va suvni isteʼmol qilish orqali yoki gelmint lichinkasi teri orqali organizmga kirib oladi. G. koʻpincha kasal hayvondan uning qornidagi bolasiga yuqadi. Nematoda lichinkasi aksariyat oʻsimlik poyasiga yoki ildiziga bemalol kirib oladi. G. oqibatida hayvonlarning mahsuldorligi, oʻsimliklarning hosili kamayadi, hayvonlar oʻladi, oʻsimliklar nobud boʻladi. Bu oʻz navbatida xalq xoʻjaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.

Oʻzbekistonda trematodozlardan fassiolyoz, oriyentobilgarsioz, dikrotselioz; sestodozlardan moniyezioz, tizansezioz, avitellinoz, exinokokkoz, senuroz; nematodozlardan askaridoz va askaridioz, paraskaridoz, oksiuroz, gemonxoz, nematodiroz, xabertioz, diktiokaulez, protostrongilidezlar qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarida koʻp uchraydi.

G.ga qarshi kurashishda goʻsht va b. mahsulotlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan oʻtkazish, tirik lichinkalar topilgan taqdirda isteʼmolga yaroksiz deb topish, aholi yashaydigan joylar tozaligi, goʻngdan oʻgʻit sifatida foydalanish ishlari ustidan qatiy nazorat oʻtkazish va b. maxsus choralar koʻrish zarur

.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Azimov D. A., Trematodi — paraziti jivotnix i cheloveka, T., 1986; Matchanov N. M., Azimov J. A., Gehtin V. I., Odam va hayvonlarning koʻrinmas yovlari, T., 1977; Parmonov M., Sayidqulov B., Parmonov J., Epizootologiya, T., 1996