[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Farmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farmon – O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadigan, yuridik kuchga ega, normativ-huquqiy hujjat. FARMON – 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. Farmon bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, Farmon mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasida – Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. Farmon – mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining „Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida“gi qonuni (2000-yil 14 dek.)ga koʻra, Prezident F.lari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, Farmonga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi; 2) Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlarida qadimiy hukmdorlarning oliy buyrugʻi.