[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Faqir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Vereshegin Faqir

Faqir – (arabcha: فقیر – kambagʻal) moddiy yoki maʼnaviy jihatdan muhtoj odam. Kambagʻal (fuqaro)ga, yaʼni ijtimoiy jihatdan nochor odamlarga gʻamxoʻrlik qilish zarurligi Qur’oni karimda, sunna va pandnoma asarlarida alohida taʼkidlanadi. Zohidlik va soʻfiylik „kambagʻallik“ („faqr“, „fuqr“)ni keng targʻib qilgan. „Faqir“ deyilganda „darvish“ va „soʻfiy“lar tushunilgan. Shoirlar, mualliflar, xattotlar ham oʻzlarini kamtarlik bilan Faqir deb atashgan.

Faqir – moddiy jihatdan muxtoj, nochor, kambagʻal, qashshoq odam. Baʼzi kishilar (shoirlar, mualliflar, xattotlar) „men“ soʻzi oʻrnida oʻzlarini kamtarlik bilan faqir deb atashgan.

Islom ensiklopediyasi – Toshkent 2004