[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Eydetizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eydetizm (yun. — koʻrinish, obraz) — ayrim odamlarning oldin koʻrgan narsalari va kuzatgan hodisalarini maydachuydasigacha aniq esga tushirish va esda saqlash qobiliyati. E.ni oʻrgangan olimlarning fikricha, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda E. odatiy holat yoki qonuniy hodisa hisoblanadi. Tajribalarda taʼkidlanishicha, bolalik, oʻsmirlik, oʻspirinlik davrlarida kuzatilgan narsa yoki suratlar koʻzdan uzoqlashtirilsa ham ularning siymosi (tasviri) uzoq vaqt saqlanadi. E.ni kuchaytiruvchi kaliy ionlari, kuchsizlantiruvchi esa kaltsiy ionlari ekanligi tasdiqlangan. Rus psixologi A. R. Luriya (1902— 1977) E.ning individualtipologik xususiyatlarini taʼriflab bergan. E. barcha odamlarga taalluqli qobiliyat boʻlmasdan, balki ayrim noyob xotiraga ega insonlarga, xususan, rassomlar, musiqachilar, bastakorlarga xos xususiyat ekanligini taʼkidlash joiz.