[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Epilog

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Epilog

Epilog (epi... va — soʻz) — badiiy asarda voqea tasviridan soʻng qahramonlarning keyingi taqdirini soʻzlab beruvchi xotima qismi; qadimiy yunon dramasida xor (yoki aktyor)ning tomoshabinlarga soʻnggi murojaati (bunda sahnada yuz bergan voqea-hodisalarning mohiyati sharhlanar va muallifning niyati bayon qilinardi). Uygʻonish davri dramalarida (V.Shekspir, B.Jonson), odatda, E. tomoshabinlarga murojaatmonolog boʻlib, bunda pyesaning asosiy goyasi sharhlangan.

E. asardagi asosiy ziddiyat yechimining oqibatlarini ifodalashga, asarning gʻoyaviy samarasini bayon qilishga xizmat etadi. Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romanidagi xotima E.ning yorqin namunasidir. Ushbu E. orqali oʻquvchilar asar bosh qahramoni Otabekning keyingi takdiri haqida xabar topadilar. Har bir asarda E. boʻlishi shart emas. Baʼzan E. asarning bosh qismiga koʻchirilishi ham mumkin.

Musiqada ham operaning xotima qismi E. deb yuritiladi (yana qarang Xotima).