[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Egirin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Egirin

Egirin (islandlar dengiz xudosi Egir nomidan) — piroksenlar guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi g4aGʻe[81206]; Kristallari prizmatik, yirik, baʼzan yupqa va ignasimon; yakka yoki shuʼlasimon tolatola agregatlar hosil qiladi. Rangi yashildan qoramtiryashilgacha, baʼzan rangsiz. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 6—6,5, zichligi 3,5—3,6 g/sm3. E. ishqorli jinslar va ular bilan bogʻliq pegmatitlar hamda ishqorli metasomatoz zonalari uchun xos. Agpaitli nefelinlisiyenitlarda nefelin, ortoklaz, evdialit, apatit va boshqalar; ishqorli granitlarda albit, ribekitarfvedsonit, sirkon; ishqorli metasomatoz zonalarida albit, gematit, piroxlorlar bilan birga uchraydi. Oʻzgaranda xlorit, gematit, limonitga aylanadi. Qurilishda bezak toshi sifatida foydalaniladi.