[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Dala gʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dala gʻozi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Anser fabalis

Dala gʻozi (Anser fabalis Lathem) — gʻozsimonlar turkumi oʻrdaklar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 2,75—4,5 kg . Boshqa gʻozlarga nisbatan koʻproq quruqlikka moslashgan. Yerda yengil yuradi va tez yuguradi, suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. D.gʻ. Yevrosiyoning hamma hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda uchib oʻtish davrida uchraydi. Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz va Qora dengiz sohillarida hamda Oʻrta Osiyoda (Zarafshon vodiysining quyi qismida) qishlaydi. Suv yaqinidagi quruq joylarga, orollarga uya quradi. Uyaga 3—6 (odatda 3—5 ta) tuxum qoʻyadi. Tuxumlarni modasi taxminan 25 kun bosadi. D.gʻ. ochib chiqqan joʻjalarni yirtqich qushlardan xavfsizroq joyga koʻchiradi. Joʻjalari 1,5 oyda uchirma boʻladi. Yiliga bir marta tullaydi. Shu davrda koʻp miqdorda ovlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil