[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Dabir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dabir (soʻgʻdcha) — mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi. Ilk oʻrta asrlardan boshlab manbalarda uchraydi. Katta va kichik maʼmuriy hudud hukmdorlarining mahkamasida kotib. Samarqandda Afrosiyob devoriy suratlari orasidagi soʻgʻdcha yozuvda kotiblar boshligʻi — dapirpat. D.lar chuqur bilimli yetuk odamlar boʻlishgan. Ular din, tarix, adabiyotni puxta bilishi, ajoyib uslubda yozishi va voqeani chiroyli soʻzlar bilan ifodalay bilishi lozim edi. D.ning sifatlarini Nizomiy Aruziy Samarqandiy oʻzining "Chor maqola" ("Toʻrt maqola") asarida batafsil bayon etgan. Hukmdorning boshqa hukmdorlar bilan yozishmalarining yuqori saviyada bitilishida D.ning masʼuliyati ulkan boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil