Coi Leray
Coi Leray | |
---|---|
Tavalludi |
Coi Leray Collins 1997-yil 11-may Boston, Massachusetts, Qo'shma Shtatlar |
Janrlar | Hip hop • pop |
Kasbi | Reper • qo'shiqchi |
Faoliyat yillari | 2011–hozirgacha |
Leybllar | 1801 • Republic • Uptown |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | coileray.com |
Coi Leray Collins — (1997-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik reper va qoʻshiqchi. Leray SoundCloud-ga musiqa joylashni boshladi va 2018-yilda oʻzining „Huddy“ singlini va Everythingcoz miksteypini chiqardi. „Republic Records“ leybli bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u oʻzining ikkinchi miksteypi EC2ni chiqardi. 2021-yilda Lil Durk bilan hamkorlikdagi „No More Parties“ singlining remiksi Billboard Hot 100 roʻyxatda 40-oʻrinni egalladi va Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan platina sertifikatiga sazovor boʻldi. 2022-yilda Leray oʻzining „Trendsetter“ debyut studiyaviy albomini chiqardi, albom Nicki Minaj bilan hamkorlikdagi „Blick Blick“ singlini oʻz ichiga olgan, u ham Billboard Hot 100ning eng yaxshi 40 taligiga kirgan.
Yoshlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coi Leray 1997-yil 11-mayda Bostonda tugʻilgan[1] va Nyu-Jersi shtatining Xakensak shahrida oʻsgan[2][3]. U reper va mediamagnat Benzinoning qizi va besh ukasi bor. Lerayning ota-onasi otasi The Source jurnalida ishdan ketganidan keyin keyin ajrashishdi[4]. U 14 yoshida musiqa yaratishni boshlagan[5]. 16 yoshida Leray oʻrta maktabni tashlab, savdo sohasida ishlay boshladi.
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coi Leray 2011-yilda otasidan ilhomlanib, u rep kuylashni boshladi va YouTube orqali „Bow Down“ va „Rock Back“ nomli birinchi qoʻshiqlarini chiqardi[6][7]. Biroq, koʻp oʻtmay, Leray rep qilishni toʻxtatdi. Ishini tashlaganidan soʻng, Leray 2018-yilda SoundCloud orqali A Boogie wit da Hoodiening „DTB“ qoʻshigʻiga javob boʻlgan debyut singlini chiqardi.
2018-yil dekabr oyida u LouGotCash bilan birga amerikalik reper Ski Mask the Slump God va qo‘shiqchi Jacqueesning 2018-yilgi „Spider-Man: Into the Spider-Verse“ filmining saundtrek albomidan „Save the Day“ trekida taniqli ijodkor sifatida ishtirok etdi. Uning ikkinchi miksteypi „EC2“ 2019-yil 18-yanvarda 1801 Records va Republic Records orqali chiqarildi[8]. U 2019-yil boshida amerikalik reper Trippie Reddning „Lifeʼs a Trip Tour“ tur konsertida hamrohlik qildi[9] va 2019-yil mart oyida „Good Days“ singlini chiqardi. U Trippie Reddning ikkinchi studiya albomidagi „Everything BoZ“ qoʻshigʻida taniqli ijodkor sifatida paydo boʻldi. 2020-yil aprel oyida u amerikalik reper Fetty Wap bilan „Better Days“ singlini chiqardi.
Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiya albomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Tafsilotlar | Chartdagi oʻrni | |
---|---|---|---|
US [10] |
US R&B/HH [11] | ||
Trendsetter |
|
89 | 49 |
Miksteyplar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Tafsilotlar |
---|---|
Everythingcoz |
|
EC2 |
|
Kengaytirilgan singllar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Tafsilotlar |
---|---|
Now or Never |
|
Awards and nominations
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofot | Yil | Nominatsiya | Kategoriya | Natija |
---|---|---|---|---|
BET Awards | 2021 | Coi Leray | Best Female Hip hop Artist | Nominatsiya |
Best New Artist | ||||
BET Hip Hop Awards | Best New Hip hop Artist | Nominatsiya | ||
IHeartRadio Music Awards | 2022 | Nominatsiya |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Coi Leray“. HotNewHipHop.
- ↑ Cheng, Vivian „Year of the Coi“ (en). Office Magazine (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ Ju, Shirley „Coi Leray Is Feeling Cozy With Her Fame“ (en). LA Weekly (2019-yil 21-fevral). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ Smith, Talia Tabatha Binx „Women in Hip-Hop: The Voices of Our Generation“ (en). Paper (2019-yil 28-fevral). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Coi Leray On Fetty Wap 'Better Days' Collab And Why It's Special To Be A Woman Rapper Now“ (en). BET (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ Alston, Trey „Try As You Might, You Can't Stop Coi Leray“ (en). Highsnobiety (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
- ↑ „Coi Leray & Benzino's Family History & Beef, Explained“ (en). HotNewHipHop (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
- ↑ Cho, Regina (January 18, 2019). „Coi Leray On Her Rise to Fame & Deal With Republic Records: Exclusive“. Billboard (inglizcha). Qaraldi: April 14, 2021.
- ↑ Ju, Shirley „Trippie Redd talks new '!' album, XXXTentacion, Lil Wayne, Coi Leray relationship and more“ (en). Revolt (2019-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Billboard 200: Week of April 23, 2022“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
- ↑ „Top R&B/Hip-Hop Albums: Week of April 23, 2022“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.