[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Clubhouse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Clubhouse
MuallifPaul Davison, Rohan Seth
Ishlab chiquvchiAlpha Exploration Co.
Operatsion tizimAndroid
iOS
Yozilgan til(lar)iIngliz
JanrOvozli IP (VoIP)
LitsenziyaBepul dastur
Vebsayt:clubhouse.com

Clubhouse — ovozli muloqotga uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Dastur 2020-yilda Alpha Exploration Co. dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishga tushirilgan. 2020-yil dekabr holatiga koʻra, dastur deyarli 100 million dollarga baholangan[1][2]. 2021-yil 21-yanvarda bu koʻrsatkich 1 milliard dollarni tashkil etgan[3].

IOS uchun Clubhouse 2020-yil aprel oyida ishga tushirilgan[4].

Ijtimoiy tarmoqning birinchi ishlab chiquvchilari Stanford universitetida oʻqigan dasturchilar Roen Set va Pol Devison edi[5].

Ilova COVID-19 pandemiyasining dastlabki oylarida, ayniqsa, 2020-yil may oyida Andreessen Xorovits — 12 million dollarlik A seriyali venchur sarmoyadorlik kompaniyasidan keyin mashhurlikka erishdi[6][7].

2020-yil dekabr holatiga koʻra, ilovadan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 600 000ni tashkil etgan[2].

Ilova Germaniyada 2021-yil yanvar oyida nemis podkastlarining boshlovchisi Filipp Klyokner va Filipp Glyokler Telegram guruhi orqali taklifnomalar tarmogʻini ishga tushirib, nemis boshlovchilari, jurnalistlari va siyosatchilarini platformaga olib chiqdi. Shundan soʻng Clubhouse germaniyada keng qoʻllanila boshlandi[8].

2021-yil aprel oyida xizmat Payments funksiyasi ishga tushirilganini eʼlon qildi, bu orqali foydalanuvchilar platformadagi kontent yaratuvchilariga toʻlovlarni yuborishlari mumkin boʻladi. Kompaniyaning oʻzi xayr-ehsonlardan pul olmaydi, lekin toʻlovni qayta ishlash uchun xizmat haqini oladi[9].

„Kasperskiy laboratoriyasi“ mutaxassislari Clubhouse nomidan foydalanilgan holda telefonlar uchun yaratilgan 40 dan ortiq xavfli tahdidlarni aniqladi.

Ushbu sxema doirasida kiberjinoyatchilar Anubis kabi xavfli dasturni ham tarqatgan. Ushbu Android uchun katta zarar keltiruvchi dasturiy taʼminot bank yoki onlayn xarid dasturlaridan foydalangan holda telefon egasining moliyaviy maʼlumotlarini oʻgʻirlaydi[10].

2021-yil aprel oyida Twitter ijtimoiy tarmogʻi tobora ommalashib borayotgan Clubhouse ovozli chat ijtimoiy tarmogʻini sotib olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi. Kompaniya Clubhouseni taxminan 4 milliard dollarga baholagan[11].

Android uchun Clubhouse

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil yanvar oyida kompaniya „tez orada“ Android uchun moʻljallangan ilova ustida ish boshlashini eʼlon qildi[12][13]. Elon Musk GOOD TIME klubiga intervyu berganidan keyin Clubhousening mashhurligi sezilarli darajada oshdi[14].

2021-yil may oyida Android ilovasining beta sinovlari boshlandi[15]. 2021-yil 9-mayda dastur AQSh aholisi uchun foydalanishga taqdim etildi[16].

Clubhouse 2021-yil fevral oyining boshigacha Xitoy tomonidan senzura qilinmagan va bloklanmagan[17]. Shu davr oraligʻida Clubhouse oʻziga koʻplab xitoylik foydalanuvchilarni jalb qildi. Ular ijtimoiy tarmoqda turli mavzularda muhokama qildi. Masalan, siyosiy mavzulardan biri Gong Kongdagi norozilik namoyishlari va Tayvanning siyosiy maqomi haqida[18][19].

2021-yil 8-fevralda ilova Xitoyning koʻplab qismida bloklandi[20].

2021-il 14-martda dastur Ummonda regulyator tuzilmasida roʻyxatdan oʻtmagani sabab bloklandi[21].

Clubhouse turli mavzulardagi suhbatlar, tok-shoular, musiqa, tarmoq, tanishuv, nutqlar, siyosiy munozaralar va hokazolarni oʻz ichiga oladigan koʻplab klublar va virtual xonalarni taklif qiladi. Foydalanuvchiga obuna boʻlish orqali siz unga tegishli boʻlgan „xonalar“ roʻyxatini koʻrishingiz mumkin boʻladi.

Ilovada siz Clubhouseda virtual suhbatlar oʻtkazadigan Dreyk, Kevin Xart, Tiffani Xaddish, Mark Zuckerberg kabi mashhur insonlarni uchratasiz[22].

  1. Ari Levy,Salvador Rodriguez. „Silicon Valley is going crazy for Clubhouse, a social media app with 1,500 users that's already worth 200 million“ (en). CNBC (2020-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  2. 2,0 2,1 Lorenz, Taylor. „Clubhouse Makes Way for Influencers“. The New York Times (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  3. „Clubhouse Statistics“ (en). SoftwarePundit (2021-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  4. „Behind Clubhouse, The Invite-Only App Keeping Hollywood and Silicon Valley Connected During the Pandemic“ (en). TheWrap (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  5. Clubadmin. „Кем была создана социальная сеть Clubhouse“ (ru). join-clubhouse.ru Всё о возможностях новой соц сети (2021-yil 1-mart). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  6. Alex Konrad. „Andreessen Horowitz Wins VC Sweepstakes To Back Clubhouse, Voice App Still In Beta, At 700 Million Valuation“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  7. Griffith, Erin. „The Hot New Thing in Clubby Silicon Valley? An App Called Clubhouse“. The New York Times (2020-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  8. „Wie zwei deutsche Digital-Nerds den aktuellen Clubhouse-Hype ins Rollen gebracht haben“ (de). Daily. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  9. „Clubhouse запустил монетизацию для пользователей“ (ru). Коммерсантъ (2021-yil 6-aprel). Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.
  10. „Мутахассислар Clubhouse номидан фойдаланилган ҳолда телефонлар учун яратилган 40 дан ортиқ хавфли дастурларни аниқлади“. Bugun.uz. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
  11. „Мутахассислар Clubhouse номидан фойдаланилган ҳолда телефонлар учун яратилган 40 дан ортиқ хавфли дастурларни аниқлади“. Bugun.uz. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
  12. „Clubhouse’нинг Android учун мўлжалланган дастури яратилади“. Bugun.uz. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.
  13. Stephen Hall. „When is Clubhouse coming to Android?“ (en). 9to5Google (2021-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  14. „Elon Musk busts Clubhouse limit, fans stream to YouTube, he switches to interviewing Robinhood CEO“ (en). TechCrunch. 2021-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  15. „Запуск Android-версии Clubhouse не за горами. Началось тестирование бета-версии клиента“ (ru). 3DNews (3 мая 2021).
  16. „Clubhouse запустил приложение для Android для пользователей в США“ (ru). VC.ru (9 мая 2021).
  17. Sam Shead. „Buzzy new social media app Clubhouse appears to have been blocked in China“ (en). CNBC (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  18. „Chinese flock to freewheeling US chat app Clubhouse“ (en). Nikkei Asia. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  19. „Clubhouse is blowing up in China“ (en). Protocol — The people, power and politics of tech (2021-yil 2-fevral). 2021-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  20. „Clubhouse no longer accessible in China“ (en). TechNode (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  21. Vlasti Omana zablokirovali sotsset Clubhouse
  22. „Clubhouse Is The New FOMO-Inducing Social App To Know“ (en). British Vogue. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.