Clifton Williams
Clifton Curtis Williams Jr. (inglizcha: Clifton Curtis "C.C." Williams, Jr.) — amerikalik harbiy dengiz uchuvchisi, sinovchi uchuvchi, mexanik muhandis, Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalari korpusi mayori, NASA astronavti.
U hech qachon kosmosda boʻlmagan. Clifton Curtis samolyot halokatida erta vafot etgan. Samolyot halokati Clifton Curtis tomonidan boshqariladigan T-38 reaktiv samolyotining Mobildagi (AQSh, Alabama shtati) ota-onasini koʻrgani ketayotganida mexanik nosozlik tufayli yuz bergan. Charlz Bassett (Charlz Artur Bassett, II), Teodor Friman (Teodor Kordi „Ted“ Friman) va Rojer Chafi (Rodjer Bryus Chaffee) dan keyin vafot etgan toʻrtinchi NASA astronavti boʻldi. Samolyot AQShning Florida shtatidagi Tallahassi shahri yaqinidagi patrik bazasidan havoga koʻtarilganidan bir soat oʻtib qulab tushgan[1].
Clifton Curtis kosmik parvozda boʻlmasa-da, u 1966- yil iyul oyida boʻlib oʻtgan Gemini 10 missiyasi uchun tanlab olingan edi. Keyinchalik u LEM oy modulining uchuvchisi etib saylangan (inglizcha: Lunar Excursion Module) hamda Apollon dasturining bir qismi sifatida Pit Konrad tomonidan boshqarilgan. Uilyamsning oʻlimi tufayli Alan Bin modulning uchuvchisi boʻlgan va Konrad bilan birgalikda oyga ikkinchi marta qoʻnishni amalga oshirgan[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Astronavt 1932-yil 26-sentabrda AQShning Alabama shtatining Mobile shahrida tug‘ilgan. Uning ota-onasi Clifton Curtis Williams-katta va Gertrude Williammslar boʻlishgan. Clifton Curtis skautlar safiga qoʻshilgan va u yerda ikkinchi oliy darajaga koʻtarilgan. U Myrfi oliy maktabida tahsil olgan. Clifton Curtis maktabni 1949-yilda tamomlagan. U 1954-yilda Obern universitetini mashinasozlik bo‘yicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Clifton Curtis universitetning ofitserlar tayyorlash maktabiga oʻqishga kirib, 1949-yil 9-avgustda u AQSh dengiz piyodalari korpusida ikkinchi leytenant unvoniga sazovor boʻlgan[3].
Parvoz amaliyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Clifton Curtis parvoz mashgʻulotlaridan soʻng harbiy-dengiz kuchlari floti eskadronida reaktiv samolyotlarning tezkor-taktik guruhida xizmat qilgan. Merilend shtatidagi Patuxent daryosi yaqinida boʻlgan AQSh dengiz aviatsiyasi stansiyasi AQSh harbiy-dengiz kuchlari sinov uchuvchilar maktabida faoliyat yuritgan. Maktabni tugatgandan soʻng, u uch yil davomida aviatsiya stansiyasida sinovchi uchuvchi boʻlib ishlagan. Uning faoliyatiga quruqlikdagi va dengizdagi samolyotlarni sinovdan oʻtkazish kirgan. Vought F-8 Crusader (F-8E, TF-8A va F-8E (hujum)) va Duglas A-4 Skyhawk avtomatik qoʻnish kemasi bularga misol boʻla oladi. 1963-yil oxirida u NASA astronavtlarini tayyorlash uchun tanlangan va Gemini va Apollon kosmik dasturlari uchun uchinchi toʻplam aʼzosi boʻlgan[4].
2500 soatlik parvoz amaliyotining 2100 soatdan koʻprogʻini reaktiv samolyotlarda parvoz qilgan[5].
1971-yilda Williamsning nomi Oydagi birinchi va yagona badiiy asar boʻlgan „Oʻlik astronavt“ badiiy kompozitsiyasida abadiylashtirilgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „https://news.google.com/newspapers?id=fP0cAAAAIBAJ&sjid=LJsEAAAAIBAJ&pg=7124%2C1281082“.
- ↑ „https://www.jsc.nasa.gov/history/oral_histories/BeanAL/BeanAL_6-23-98.htm“.
- ↑ „https://www.newspapers.com/clip/29305630/the_odessa_american/“.
- ↑ „https://www.newspapers.com/clip/27735498/muncie_evening_press/“.
- ↑ „https://books.google.com/books?id=OL7BCwAAQBAJ&pg=PT221“.
- ↑ „https://www.nytimes.com/1998/04/03/movies/television-review-boyish-eyes-on-the-moon.html“.