[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Chim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chim — tuproqning koʻp yillik oʻt (ajriq, itqoʻnoq va boshqalar) ildizlari, poyalari va ildizpoyasi oʻrami bilan qoplangan ustki qavati. Tarkibida organik modda koʻp. Qoʻriq va oʻtloq yerlarda paydo boʻladi, nam toʻplash va shimish uchun xizmat qiladi. Ch.dan maxsus usulda koʻchirilgan boʻlaklar koʻkalamzorlashtirish va sugʻorishda egatlarga suv tarashda suv tuproqni yuvib ketmasligi uchun dahana yonlariga bosishda ishlatiladi. Yerni haydashda va mol boqilganda Ch. buzilsa, tuproq eroziyasi roʻy beradi. Ch.li tuproqlar chimqirqar plug bilan haydaladi, disklanadi.