[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Chilaquiles

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chilaquiles

Chilaquilesning koʻrinishi
Asosiy komponentlari Tortilla, yashil yoki qizil chili, tovuq go'shti, pishloq, loviya, tuxum

Chilaquiles (ispanchada: [tʃilaˈkiles]) — Tortilla qoʻshib tayyorlanadigan meksika anʼanaviy nonushta taomi[1]. Ularga ishlatiladigan chili turiga qarab qizil yoki yashil rangda, sousi doim achchiq boʻladi.

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chilaquiles qovurilgan tuxum bilan

Taomning asosini tortillalar tashkil qiladi[2]. Yashil yoki qizil qayla tortila qavatlari ustiga quyiladi. Aralashma tortilla yumshaguncha qaynatiladi. Baʼzan aralashmaga tovuq goʻshti ham qoʻshiladi. Pishgach usti krem, maydalangan oq pishloq, piyoz, avakado bilan bezatiladi. Tabga koʻra qovurilgan loviya, qaynatilgan yoki quvurilgan tuxum, yashil qayla qoʻshilib taʼm beriladi. Boshqa meksika taomlaridek bu taom uchun ham har bir oilada oʻzgacha va anʼanaviy tayyorlanish uslublari mavjud. Asosan chilaquiles nonushtaga isteʼmol qilinadi. Bu taom ayniqsa qoldiq tortillalardan unumli foydalanish uchun juda qulay[3].

Mintaqaviy turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Meksikada tortilla chipslarining qattiq boʻlib qolishi koʻp uchraydi. Buni oldini olish uchun sousdan boshqa barcha masalliqlar boʻlaklar ustiga qoʻyiladi. Taomni tortishdan oldin sous quyib boriladi. Sinaloa shtatida bu taom qaymoq qoʻshib tayyorlanadi. Mamlakatning shimoli-sharqiy tomonida joylashgan Tamaulipas shtatida sous sifatida qizil pomidor sousi ishlatiladi. San Luis Potosí shtatida chilaquilesga tovuq boʻlaklari emas, tuzlangan goʻsht (cecina) qoʻshib tayyorlanadi[4].

Encarnación Pinedoning 1898-yilda Kaliforniyada The Spanish Cook (Ispan oshpazi) asari nashr etilgan. Unga bir qancha taomlar, jumladan: chilaquiles tapatíos a la mexicana, chilaquiles a la mexicana hamda chilaquiles con camarones secos (quritilgan qisqichbaqali) kabi chilaquiles bir nechta turlarining retseptlari kiritilgan[5].

Koʻrinishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Bayless, Rick (2000). Mexico: One Plate at a Time. New York: Scribner. „ISBN 0-684-84186-X.“.
  2. "Tortillas and Tortilla Dishes". The Cuisines of Mexico. Harper & Row. „Kennedy, Diana“.
  3. Lopez, Steve (2021-12-11), Los Angeles Times. Retrieved 2023-02-02. „"Column: Comfort food confessional: My lifelong quest to find, or create, the perfect chilaquiles"“.
  4. Nahuatl Dictionary. (1997), Wired humanities project. Retrieved September 9, 2012 „Wayback Machine.“.
  5. Pinedo, Encarnación; Strehl, Dan; Valle, Victor (2005-10-24) „Encarnación's Kitchen: Mexican Recipes from Nineteenth-Century California“.