Chigirtchilar
Chigirtchilar | |
---|---|
Binar nomi | |
(Bonaparte, 1838) | |
Genera | |
Chigirtchilar, dengiz qaldirgʻochlari (Sternidae) — baliqchisimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi[1]. 10 urugʻi va 43 turi bor. Gavdasininguz. 20–55 sm. Qanoti uzun, tumshugʻi uchli. Umumiy rangi och, koʻpchilik turlarining boshida qora "qalpoqcha"si, barmoqlari orasida teri parda bor. Chaqqon uchadi, suvda yaxshi suzadi. Dengiz, kichik daryo va koʻllarning orollarida yerda, baʼzilari daraxtlar va butalarda, botqoqlikda yashovchi turlari suv yuzasiga oʻsimlik toʻshab, uya yasaydi. 1–4 ta tuxum qoʻyib, 14–22 kun bosadi. Tuxumdan chiqgan joʻjalari 1 kundan orqasidan ergashish qobiliyatiga ega. Tabiatda 23–27 yil yashaydi. Asosan, baliqlar, keyin urgochisi qisqichbaqasimonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 7 turi uchraydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bridge, Eli S; Jones, Andrew W; Baker, Allan J (2005). "A phylogenetic framework for the terns (Sternini) inferred from mtDNA sequences: implications for taxonomy and plumage evolution". Molecular Phylogenetics and Evolution 35 (2): 459–469. doi:10.1016/j.ympev.2004.12.010. PMID 15804415. Archived from the original on 2016-04-12. https://web.archive.org/web/20160412083752/https://www.cmnh.org/site/files/ornithology/mpeterns.pdf. Qaraldi: 2020-11-03.Chigirtchilar]]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |