[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Cham Wings Airlines

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cham Wings Airlines
IATA ICAO Identifikatori
6Q SAW SHAMWING
Tashkil topgan 2007
Havo tuguni Damashq xalqaro aeroporti
Qoʻshimcha havo tuguni Halab xalqaro aeroporti
Tez uchish dasturlari Cham Miles
Park hududi 4
Parvoz yoʻnalishlari 19
Bosh qarorgohi Damashq, Suriya
Muhim shaxslar Issam Shammout, Rais
Sayti www.chamwings.com

Cham Wings Airlines (arabcha: أجنحة الشام للطيران, avvalgi Sham (Shom) Wing Airlines) Suriyaning xususiy aviakompaniyasi boʻlib, bosh ofisi Damashq shahrida joylashgan[1][2]. Kompaniyaning shiori – Fly Beyond The Limits (oʻzbekcha: Cheklovlardan tashqariga uching).

Cham Wings Airlines 2006-yil 9-iyulda Suriyadagi birinchi xususiy aviakompaniya sifatida suriyalik tadbirkor Issam Shammout tomonidan tashkil etilgan. Aviakompaniyaning asosiy markazi Damashq xalqaro aeroporti hisoblanadi. Kompaniya 2007-yil 23-sentyabrda Suriya fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyati (SCAA) tomonidan berilgan Samolyot operatorlari sertifikatini (AOC) rasman oldi[3]. Garchi sertifikatni Suriyaning asosiy milliy aviatashuvchisi „Syrian Air“ dan keyin ikkinchi boʻlib olgan boʻlsa-da, bu sertifikat kompaniyaga faqat muntazam boʻlmagan charter reyslarini amalga oshirishga ruxsat bergan.

Kompaniya bitta MD samolyotini ijaraga oldi va 2008-yil 3-martda Damashqdan Bagʻdod xalqaro aeroportiga birinchi parvozini boshladi.

2008-yilda bozorga „Syrian Pearl Airlines“ nomi ostida yangi aviakompaniya kirib keladi. Ushbu aviakompaniya Cham Holding (Rami Maxluf asosiy aksiyadori) (69%), Syrianair (25%), Aqeeq Aviation/Aquila Holding, (Aqeeq va Al Deshtei Quvaytiy) (6%) tomonidan egalik qilinadi[4]. Syrian Air maʼqullamagan yoʻnalishlarda charter reyslarni amalga oshirishda qiynalgan Cham Wingsdan farqli oʻlaroq, Syrian Pearl mamlakatning flagman aviakompaniyasi bilan hamkorlik orqali muntazam reyslarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi[5]. Syrian Pearl oʻz faoliyatini hech qachon boshlamagan boʻlsa-da, Cham Wings faqat charter reyslar orqali foyda koʻra olmadi. 2012-yilda Suriyadagi tartibsizliklar ortidan kompaniya oʻz faoliyatini toʻxtatgan edi.

Cham Wings Airlines aviakompaniyasining Airbus A320-212 samolyoti

2014-yilda Cham Wings Airlines muntazam reyslarni amalga oshirishga ruxsat oldi va Suriyadagi ikkinchi milliy aviatashuvchiga aylandi. Keyin u Bayrut, Quvayt, Bagʻdod va Qamishli kabi yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻz faoliyatini qayta boshladi.

2016-yilda Suriya hukumatini qoʻllab-quvvatlagani uchun AQSh sanksiyalariga kiritiladi[6][7].

2018-yilda Cham Wings Germaniyadagi suriyalik qochqinlarni Myunxendan Damashqqa va ortga olib oʻtishini eʼlon qildi, bu esa ularning qochqin maqomini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin[8].

2021-yil iyun oyida Ukraina Qrimga parvozlar tufayli aviakompaniyani qora roʻyxatga kiritdi[9][10].

2021-yilda davom etayotgan Belarus-Yevropa Ittifoqi chegara inqirozi tufayli Cham Wings Airlines oddiy sayohatchilar va noqonuniy muhojirlarni ajrata olmasligi vaji bilan 2021-yil noyabr oyida Damashqdan Minskka qisqa muddatda reyslarini toʻxtatdi[11]. 2021-yil dekabrida Yevropa Ittifoqi Cham Wings Airlines aviakompaniyasini muhojirlarni Belarus-Polsha chegarasiga olib oʻtishda va inqirozni yanada kuchaytirganlikda ayblab, sanksiya kiritdi[12]. Shveysariya 20-dekabrda Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qoʻshildi[13]. Ushbu ayblov natijasida joriy etilgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2022-yil 19-iyulda bekor qilindi[14][15].

Cham Wings Airlines 100% suriyalik tadbirkor Issam Shammoutga tegishli. Aviakompaniya tadbirkorning avtomobilsozlik, poʻlat ishlab chiqarish va yuk tashish sohalarida faoliyat yurituvchi Shammout Groups oilaviy biznesi tarkibiga kiradi.

Parvoz manzillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cham Wings quyidagi yoʻnalishlarga parvoz qiladi (2023-yil 1-iyun holatiga koʻra)[16]:

Mamlakat Shahar Aeroport Eslatmalar Manbalar
Armaniston Yerevan Zvartnots xalqaro aeroporti
Bahrayn Manama Bahrayn xalqaro aeroporti
Eron Tehron Imom Xumayniy xalqaro aeroporti
Iroq Bagʻdod Bagʻdod xalqaro aeroporti
Basra Basra xalqaro aeroporti
Arbil Arbil xalqaro aeroporti
Najaf Al Najaf xalqaro aeroporti
Quvayt Al-Quvayt Quvayt xalqaro aeroporti
Livan Bayrut Bayrut – Rafiq Haririy xalqaro aeroporti
Liviya Bingʻozi Benina xalqaro aeroporti
Ummon Maskat Maskat xalqaro aeroporti
Pokiston Karachi Jinna xalqaro aeroporti
Rossiya Moskva Sheremetyevo xalqaro aeroporti [17]
Sudan Xartum Xartum xalqaro aeroporti
Suriya Halab Halab xalqaro aeroporti Hab
Damashq Damashq xalqaro aeroporti Hab
Loziqiya Basil al-Asad xalqaro aeroporti
Qamishli Qamishli aeroporti
Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi Abu-Dabi xalqaro aeroporti
Sharja Sharja xalqaro aeroporti
Cham Wings Airbus A320-231 samolyoti

Cham Wings Airlines aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat (2022-yil iyun holatiga koʻra)[18]:

Cham Wings Airlines floti
Samolyot Miqdori Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar/manbalar
B E Jami
Airbus A320-200 3 156 156
1 174 174
Jami 4

Homiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yildan boshlab aviakompaniya Suriya milliy basketbol jamoasining rasmiy homiysiga aylandi.

  1. „Contact Us“. Cham Wings Airlines — Fly Beyond The Limits. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
  2. Gregory, Michael. „Exclusive: Informants in Iraq, Syria helped U.S. kill Iran's Soleimani - sources“. Reuters (2020-yil 9-yanvar).
  3. „Our Company“. Cham Wings Airlines — Fly Beyond The Limits. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
  4. „Arab Aviation > Country Briefs > Syria > Syrian Pearl“. www.arabaviation.com. 2016-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
  5. „شركة طيران سورية خاصة تواجه منافسة محتدمة“ (ar-AR). صحيفة الوسط البحرينية. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
  6. „US imposes new sanctions on Cham Wings Airlines“. SANA News Agency. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.
  7. „Treasury Sanctions Additional Individuals and Entities in Response to Continuing Violence in Syria“. Treasury.gov (2016-yil 23-dekabr). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Einmal München-Damaskus und zurück“ (German).
  9. „CHAM WINGS AIRLINES / SHAM WING AIRLINES / AJNEHAT AL SHAM / AL-SHAM WINGS“. National Agency on Corruption Prevention. 2023-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
  10. „Україна повністю забороняє польоти російським авіакомпаніям. Чому і яким саме“ (uk). BBC News Ukrainian (2021-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
  11. spiegel.de – Syrian airline ends flights to Minsk (German) 13 November 2021
  12. „EU, UK, US, Canada issue coordinated sanctions against Belarus regime“. Deutsche Welle (2021-yil 2-dekabr). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Searching for subjects of sanctions“. State Secretariat for Economic Affairs. 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „La UE suspende sanciones contra la aerolínea siria Cham Wings aprobadas en 2021“. El País (2022-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
  15. „EU lifts sanctions on Syrian airline Cham Wings“. Reuters (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
  16. Our Destinations – Cham Wings
  17. Liu, Jim. „Cham Wings W18 Damascus – Moscow service changes“. Routesonline (2018-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-noyabr.
  18. „Cham Wings Airlines Fleet Details and History“ (en). www.planespotters.net. Qaraldi: 2018-yil 3-fevral.