Busan
Busan | |
---|---|
| |
35°10′48″N 129°4′30″E / 35.18000°N 129.07500°E{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page | |
Region | Yeongnam |
|
Busan (Koreyacha talaffuzi: [pusan]), Janubiy Koreyadagi shahar, mamlakatning janubiy-sharqiy qismida joylashgan hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 3,5 million kishini tashkil etib, ushbu shahar aholisi boʻyicha Janubiy Koreyadagi Seuldan keyin ikkinchi eng koʻp aholiga ega shahar hisoblanadi.[1] Transport yoʻllarining muhim tuguni. Mamlakatning Koreya boʻgʻozi sohilidagi yirik porti (yiliga 30 million tonnadan ortiq yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, elektrotexnika, kimyo va rezina, mashinasozlik (jumladan, kema va avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish), harbiy, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Yirik issiklik elektr stansiyasi va AES qurilgan. Baliq ovlanadi. Busan milod boshlarida Kaya qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan. 15-asrda shahar dengiz boʻyi qalʼasi sifatida Yaponiya-Koreya savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 20-asrda Busan yirik sanoat shahriga aylandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Busan Population 2018“. World Population Review (17-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 11-avgust 2008-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Busan mavzusiga oid fayllar bor. |
Vikisayohatda uchun sayohat qoʻllanmasi mavjud [[Vikisayohat:Busan#raw|Busan]]. |
- Official website (English)
- All About Busan – The Official Korea Tourism Guide Site