Burgas
Qiyofa
Burgas Бургас | |
---|---|
Shahar | |
42°30′10.674″N 27°28′12.644″E / 42.50296500°N 27.47017889°E | |
Mamlakat | Bolgariya |
Provinsiya | Burgas |
Munitsipalitet | Burgas |
Hukumat | |
• Mayor | Dimitar Nikolov (GERB) |
Maydon | 253.644 km2 (97.932 kv mi) |
Markazi balandligi | 30 m |
Aholisi (2014-12-31) |
202,694[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+2, yozda UTC+3 |
Pochta indeks(lar)i | 8000–8034 |
Hudud kodi | (+359) 56 |
|
Burgas — Bolgariyaning sharqidagi shahar. U Qora dengizning Burgas qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Burgas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 202 mingdan ziyod kishi (2014). Muhim transport yoʻllari tuguni, mamlakatning Varna shahri bilan teng keladigan asosiy portlaridan. Xalqaro aeroport bor. Burgas orqali chetga tamaki, hoʻl meva, meva-sabzavot konservalari chiqariladi. Burgasda neft kimyo, yogʻochni qayta ishlash kombinati, oziq-ovqat sanoati, elektr kabeli, transport mashinasozligi, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlash markazi. Kurort shahri. Kimyo texnologiya instituti, teatrlar, suratlar galereyasi bor. Shaharga III asrda asos solingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Functional Urban Areas - Population on 1 January by age groups and sex“. Eurostat (2016-yil 1-aprel). 2016-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-aprel.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |