[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Burchak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burchak oʻlchovi θ s ning r ga nisbatiga teng.

Burchak deb bir nuqtadan chiqqan ikki nur orasida hosil boʻlgan geometrik shaklga aytiladi.

Burchak — bir nuqtadan chiqqan ikki nur (yarim toʻgʻri chiziq)dan tashkil topgan shakl. Nurlar burchak tomonlari, ular chiqadigan nuqta burchak uchi deb ataladi. Uchidagi harf yordamida burchak /LA shaklida, uchi va tomonlarida yotgan nuqtalar yordamida.VAS shaklida belgilanadi. Burchak tomonlari orqali tekislik oʻtkazilsa, u tekislikni ikki qismga ajratadi. Agar burchak tomonlaridan nurlarni burchak uchidan qarshi tomonga davom ettirganda u tekislikning qaysi qismini kesmasa, shu qism Burchakning ichki tomoni deb ataladi. Tomonlari bir toʻgʻri chiziqni tashkil qilgan burchak yoyiq, uning yarmi esa toʻgʻri burchak deb ataladi. Toʻgʻri Burchakdan kichik burchaklar oʻtkir. kattalari oʻtmas burchak deyiladi. Bir tomoni umumiy, qolgan ikki tomoni bir toʻgʻri chiziqni tashkil qiluvchi burchak qoʻshni burchaklar, ikki toʻgʻri chiziqning kesishishidan hosil boʻlgan burchaklar vertikal burchaklar deb ataladi. Tekislikdagi burchakning ichki qismi gradus yoki radian (=57°)larda oʻlchanadi. Maye, yoyiq burchak 180° yoki p, toʻgʻri burchak 90° yoki p/2 ga teng boʻladi.

Burchakni teng ikkiga boʻluvchi nur uning bissektris a s i deyiladi. Ikki toʻgʻri chiziqni uchinchi toʻgʻri chiziq kesib oʻtganda hosil boʻlgan burchaklar quyidagicha ataladi (rasm): / bilan 5; 2 bilan b; J6H 7; 4 bilan 8 Burchaklar moye Burchaklar; 3 bilan 6; 4 bilan 5 burchaklar ichki almashinuvchi; / bilan 8; 2 bilan 7 burchaklar tashki almashinuvchi Burchaklar; 3 bilan 5; 4 bilan 6 burchaklar ichki bir tomonli; 1 bilan 7; 2 bilan 8 tashqi bir tomonli burchaklar[1].

Shuningdek tekislikning ushbu nurlar orasidagi barcha nuqtalaridan hosil boʻlgan shaklga ham burchak deyiladi. Umuman aytganda, bu ikki nur ikkita burchak hosil qiladi, chunki ular tekislikni ikkiga boʻladi. Shu burchaklardan biri ichki, boshqasi esa tashqi deyiladi.

Burchak belgisi bilan ifodalanadi, bu belgini 1634-yili fransuz matematigi Pierre Hérigone taklif qilgan.

Matematik ifodalarda α, β, γ, θ, φ va hokazo yunon harflari bilan belgilanadi. Pi bilan adashtirmaslik uchun π belgisi bilan burchak belgilanmaydi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil