[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bolonya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolonya — Shim. Italiyadagi shahar, Emiliya-Romanya viloyati va Bolonya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Shim. Apennin togʻlari etagida, Reno daryosi boʻyida, Po daryosi bilan kanal orqali bogʻlangan. Aholisi 404 ming kishi (1995). Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Yirik transport yoʻllari tuguni. Bolonya mahsulotlarini qayta ishlaydigan, oziq-ovqat, priborsozlik, traktorsozlik, poligrafiya, elektrotexnika, qora metallurgiya sanoati rivojlangan. Gidroturbina, temir yoʻl uskunalari, oziq-ovqat va kimyo sanoatlari uchun mashinalar, oʻgʻit, keramika va poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar bor. Yevropadagi eng qad. universitet (11-asr), muhandis, veterinariya, savdo intlari, Badiiy akademiya va badiiy litseylar, muzeylar mavjud. Shahar miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida etrusklarning yirik shahri sifatida tashkil topgan. Oʻrta asrlarda oʻzining huquq maktablari bilan nom chiqargan. 1861-yildan Italiya qirolligi tarkibida. B. markazida meʼmoriy yodgorliklarga boy Viktor Emmanuil maydoni bor: SanStefano roman cherkovi majmuasi (11—13-asrlar), uyminoralar (11—12-asrlar), gotika palatssosi (13— 15-asrlar), SanPetronio cherkovi (14— 17-asrlar), barokko va renessans uslubidagi hashamatli saroylar (15-asr) va boshqa

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil