[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bibi Javindi maqbarasi

Koordinatalari: 29°14′27″N 71°03′09″E / 29.24086°N 71.05244°E / 29.24086; 71.05244
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bibi Javindi maqbarasi
مقبرہ بی بی جیوندی
Umumiy maʼlumot
Turi Maqbara
Joylashuvi Pokiston
Manzili Panjob
Shahar Uch Sharif
Koordinatalar 29°14′27″N 71°03′09″E / 29.24086°N 71.05244°E / 29.24086; 71.05244
Bibi Javindi maqbarasi

Bibi Javindi maqbarasi (urdu. مقبرہ بی بی جیوندی) – Panjobning Uch Sharif shahridagi yodgorlikdan biri[1]. 15-asrga oid bu maqbara Suhravardiya tariqatidan boʻlgan soʻfiylar yetakchisi Bibi Javindiy uchun qurilgan[2]. Javindi mashhur soʻfiy avliyo Jahonniyon Jahongashtning nevarasi boʻlgan[3].

Maqbaraning koshinlari

Bu maqbara Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solingan Uch sharifning janubi-gʻarbiy chekkasida joylashgan. Mahalliy aholi Uch Sharif nomi bilan mashhur boʻlgan shaharning asli nomi Uchdir[4].

Asosi sakkiz burchakli, uning har bir burchagida minora mavjud. Bino uch qavatdan iborat, eng tepasida gumbaz mavjud. Binoning ichki va tashqi taraflarida islomiy bitiklar va oq mozaik koshinlar bilan boy bezatilgan[5][6].

Jahon madaniy meros roʻyxatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqbara Pokistonning Arxeologiya va muzeylar departamenti tomonidan 2004-yil yanvar oyida ushbu hududdagi boshqa toʻrtta yodgorlik bilan birga Jahon merosi ob’ektlariga kiritilishi uchun taqdim etilgan. Bu yodgorliklar: Bahoal-Halim ziyoratgohi, Ustead maqbarasi, Jaloliddin Buxoriy ziyoratgohi, Jaloliddin Buxoriy masjididir.

Yodgorlikni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qulab borayotgan maqbara

Asrlar davomida maqbara tabiat sharoitlari natijasida yemirilgan. 1817-yildagi kuchli toshqinlar paytida inshootning yarmi yuvilib ketgan[7]. Hozirgi kunda ushbu maqbaraning faqatgina yarmi qolgan[8]. 1999-yilda Pokistonning Tabiatni muhofaza qilish va reabilitatsiya markazi xalqaro tashkilotlar va shahar rasmiylarini maqbarani saqlash uchun birga ishlashga taklif qildi. Biroq, namlik, tuz miqdorining koʻpayib borishi va eroziya tufayli yodgorliklar hali ham qulab tushmoqda. Taʼmirlashga urinish boʻlganda notoʻgʻri amallar tufayli maqbara yana koʻproq shikastladi.

  1. „Tomb of Bibi Jawindi, Bahaʼal-Halim and Ustead and the Tomb and Mosque of Jalaluddin Bukhari“. World Heritage Sites. UNESCO. Retrieved 18 September 2012.
  2. "Tomb of Bibi Jawindi, Bahaʼal-Halim and Ustead and the Tomb and Mosque of Jalaluddin Bukhari". World Heritage Sites. UNESCO. Retrieved 18 September 2012.
  3. "Tomb of Bibi Jawindi, Bahaʼal-Halim and Ustead and the Tomb and Mosque of Jalaluddin Bukhari". World Heritage Sites. UNESCO. Retrieved 18 September 2012.
  4. "Uch Sharif: where the shrine culture began". Dawn news. Retrieved 18 September 2012.
  5. "Tomb of Bibi Jawindi, Bahaʼal-Halim and Ustead and the Tomb and Mosque of Jalaluddin Bukhari". World Heritage Sites. UNESCO. Retrieved 18 September 2012.
  6. "Bibi Jawindi Tomb". ArchNet. Archived from the original on 30 September 2012. Retrieved 18 September 2012.
  7. "Bibi Jawindi Mausoleum (Pakistan)". OIC Research Center for Islamic History, Art, and Culture. Archived from the original on 15 April 2013. Retrieved 20 September 2012.
  8. "Uch Sharif: where the shrine culture began". Dawn news. Retrieved 18 September 2012.