[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bentonitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bentonitlar, bentonitli gillar — asosan montmorillonit guruhiga mansub minerallardan iborat gillar. Baʼzan tosheovun ham deyiladi. B. tarkibiga montmorillonitdan tashqari gidroslyuda, kaolinit, paligorskit, seolitlar va boshqa ham kiradi. B. vulkanik tuf va kullarning suvda, asosan dengiz havzaaarida digenetik oʻzgarishi natijasida (qarang diagenez) hosil boʻladi. B. kristall tuzilishi qatqat, koʻp suv shima oladigan bulganligi uchun suv taʼsirida koʻpchiydi. B. sanoatda burgʻi qorishmalarini tayyorlashda, metallurgiyada, shuningdek tibbist va boshqa sohalarda ishlatiladi. B. Oʻzbekistonda (Shoʻrsuv, Azkamar, Koʻkayti, Dehqonobod), shuningdek Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina (Qrim ya. o.), Rossiya (Tatariston), Qozogʻistonda uchraydi. Qri.mda B.ni kil (gil) deb ataydilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil