[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bansuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bansuri
Boshqa nomlari Bansuli
Turi

Ko‘ndalang konsert bansuri

Bansuri, bansuli (sankripchasiga bansi – bambuk began maʼnoni bildiradi) — zamonaviy Hindistonning anʼanaviy va mumtoz musiqa sanʼatida keng ommalashgan turli naylar bambuk poyasidan qilingan. Musiqa cholgʻu asbobining yuqori qismida 6-8 teshik va quyi qismida bitta teshik bor. U ikki turga boʻlinadi: ochiq va hushtakli bansuri yoki koʻndalang konsert bansuri bor. Uzunasida odatda xalq ogʻzaki ijodida, koʻndalangida esa – hind klassik musiqalarida qoʻllanadi.

Bansuri tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choʻponlar va ularning udumlari bilan bogʻliq boʻlgan qadimiy musiqa asbobi Krishna va Radha hikoyasi bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, u eramizdan 100-yil avval buddist tasvirlangan suratlarda Venu deb nomlangan Bansuri Krishnaning ilohiy musiqa asbobi[1] sifatida qadrlanadi va koʻpincha Rasa-Lila bilan bogʻlanadi; mifologiyada Krishnaning nayda bilan chalgan kuylari nafaqat ayollarni, balki jonzotlarni ham ohanrabodek oʻziga tortgan va jodulagani haqida afsonalar yuradi. Odatda uzunligi 14 dyuym tashkil topgan Shimoliy Hindiston bansurisi anʼanaviy ravishda, masalan, kinofilmlarda yordamchi musiqa cholgʻusi sifatida foydalanilgan.

Pandit Pannalal Gxosh (19111960-yillarda) bansurini xalq cholgʻusidan mumtoz musiqa asbobiga tenglashtira oladi. U bansuridagi teshiklarning uzunligi, diametri va soni boʻyicha tajriba oʻtkazib, uzunroq va kengroq diametrli bansuri quyi oktavalardan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi degan xulosaga keldi.

Cholgʻuni yaratish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bansuri boʻyicha notalar (sur) tartibi

Bansuri yasash – bu sanʼat. Bansuri tayyorlash uchun mos va xos boʻlgan bambuk bir vaqtning oʻzida bir nechta xususiyatlarga ega boʻlishi kerak: devorlari yupqa, tekis dumaloq kesma va uzun boʻladi. Barcha talablarga javob beradigan bambuk poyalarini topish mushkul boʻlgani sababli, yaxshi bansuri kamdan-kam uchraydi va juda qimmat hisoblanadi. Bambukning mos va xos turlari (masalan, Pseudostachyum) Assam va Kerala oʻrmonlarida uchraydi.

Tegishli namunalarni tanlagandan soʻng, bambuk tabiiy qatronlar yogʻochni mustahkamlashi uchun kerak. Soʻng bambukning bir uchi tiqin bilan yopiladi, puflash uchun teshik yoqib yuboriladi. Barmoqlar uchun teshiklar asta-sekin qizil-issiq novdalar bilan yondiriladi, lekin bukilmaydi, chunki bu bambuk tanasining yaxlitligini buzishi mumkin. Barmoq teshiklarining joylashishi bambuk tanasining ichki va tashqi diametrini oʻlchash va maxsus formuladan foydalanish orqali aniqlanadi. Barcha teshiklar tayyor boʻlgach, bansuri antiseptik moylar eritmasiga botiriladi, shundan soʻng u tozalanadi, quritiladi va bezak va termal taʼsirlardan himoya qilish uchun bir vaqtning oʻzida ipak yoki neylon kordonlar bilan bogʻlanadi.

Bansurini chalish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
bansurida oʻynash

Bansuri uzunligi 12 dyuymdan (murali deb ataladi) 40 dyuymgacha (shankha-bansuri) boʻladi. Uning holati bansurining uzunligi va qalinligiga ham bogʻliq – u qanchalik uzun boʻlsa, undan pastroq tovushlarni olish mumkin. Bansurining tonalligi Sa surasi bilan belgilanadi – bansurida bu svara eng yaqin uchta teshik bekitilganda yangraydi. Bansurini eng koʻp tarqalgan modeli 20 dyuymli. Olti teshikli bansuri ikkala qoʻlning koʻrsatkich, oʻrta va nomsiz barmoqlar yordamida chalinadi. Agar teshiklar soni yettita boʻlsa, jimjiloq barmoq ham ishlatiladi[2].

Anʼanaga koʻra, hind klassik musiqasida bansuri chalish tanpura va tabla joʻrligi bilan birga keladi.

Bansuridagi tovush, boshqa puflama cholgʻu asboblari singari, asbob ichidagi havo ustunining tebranishidan kuy hosil boʻladi. Ushbu ustun uzunligi bansurining turli teshiklari yopiq yoki ochiq qoldirilganligiga qarab oʻzgaradi. Baʼzan tekis yoki oʻtkir notalar yaratish uchun teshiklarning faqat yarmi yopiladi. Asbobdagi teshiklarni yopish uchun maxsus texnikalar mavjud. Ushbu uslublarning eng mashhurlari – Pannalal Gxosh (barmoqlarning uchlari bilan teshiklarni yopish) va Xariprasada Chaurasia (barmoqlar yostiqlari bilan yopish) sanaladi. Pitch, shuningdek, ogʻiz boʻshligʻini manipulyasiyasi va puflash (koʻproq havo puflash) bilan aniqlanadi. Ijro uchun pozisiyani tanlash ham muhimdir, chunki chalish uchun koʻpincha bir necha soat kerak boʻladi.

Mashhur bansuri ijrochilari orasida Pannalal Gxosh, Xariprasada Chaurasia, Vijay Ragxav Rao, Devendra Murdeshvar, Ragxunatx Set va boshqalar bor.

  1. Walker B.. Hindu World: An Encyclopedic Survey of Hinduism. New Delhi: Munshiram Manohar Lal, 1983 — 259-bet. 
  2. Leifer, Lyon. How to Play the Bansuri: A Manual for Self-Instruction Based on the Teaching of Devendra Murdeshwar. Rasa Music Co, 2005. ISBN 0976621908. 
  • „Бансури“, Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 57—58-bet.