[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bandung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BandungIndoneziyaning Yava orolidagi shahar. Jakartadan 85 km jan.-sharqda, dengiz sathidan 600 m balandlikda joylashgan. Gʻarbiy Yava viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2 mln kishi (1990). Bandung , avtomobil va havo yoʻllari tuguni. B. Indoneziyaning yirik sanoat, ilmiy va madaniy markazlaridan. Toʻqimachilik fabrikalari, oziq-ovqat, kimyo, metallsozlik, kauchukni qayta ishlovchi korxonalar va yirik temir yoʻl ustaxonalari bor. B. xinin ishlab chiqarish bilan mashhur. B.da ilmiy tadqiqot institutlari, toʻqimachilik va texnologiya institutlari, Paster instituti (shifobaxsh zardob va vaksina ishlab chiqariladi), markaziy elektrotexnika lab. va universitet, yadro energetikasi markazi bor. B. yaqinida (15 km) rasadxona qurilgan. Sanʼat, geologiya muzeylari bor. Togʻ kurorti va turizm rivojlangan. 1955-yilda B.da Osiyo va Afrika mamlakatlari vakillarining tinchlikni mustahkamlashga bagʻishlangan Bandung konferensiyasi boʻlib oʻtgan. Shahar 1810-yilda barpo etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil