Bandrek
Bandrek (indonezcha: bandrek) — Indoneziyaning Yava oroli gʻarbida yashovchi xalq sundlar uchun anʼanaviy boʻlgan, ziravorlar qoʻshilgan qaynoq va shirin sutli ichimlik. Salqin baland togʻli hududlarda yashovchi sundlar tunda va sovuq havoda isinish uchun bandrek isteʼmol qiladilar[1].
Ichimlik zanjabil, palma shakari va doljin aralashmasidan tayyorlanadi. Baʼzida yulduzcha qizilmiya, qalampirmunchoq, kashnich urugʻlari, kardamon poʻstlogʻi, lemongrass, qora qalampir, qora archa rezavorlari kabi boshqa ingredientlar ham qoʻshiladi. Birinchidan, olovda ziravorlar bilan sirop tayyorlanadi, keyin unga sut qoʻshiladi[2]. Bu oddiy sut, kokos suti yoki quyultirilgan sut boʻlishi mumkin. Ichimlik bir xil boʻlguncha aralashtiriladi. Shuningdek, bandrekga yosh kokos va durian boʻlaklari qoʻshiladi. Baʼzan maydalangan muz bilan tortiladi.
Bandrek angina kabi kichik sogʻliq muammolarida shifobaxsh taʼsir koʻrsatadi deb hisoblanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bandung a haven for snack-lovers and shoppers. Yuli Tri Suwarni for The Jakarta Post
- ↑ „Torehan Sejarah dalam Segelas Bandrek, by M Yusuf Zain“. 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
- ↑ „Коктейль Бандрек (Bandrek)“. 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.