[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Axaggar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Axaggar – Sahroi Kabir markaziy qismidagi (Jazoir jan.) keng togʻlik. Asosan kembriydan oldingi kristalli slanetslardan tarkib topgan, usti tekis va zinapoyasimon tizmalardan iborat. Uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davr boshida togʻlik koʻtarilib yorilgan, vulkanlar otilib chiqqan. Axaggarning eng baland nuqgasi Taxat tog`i – 3005 m. Iqlimi togʻ-choʻl iqlimi. Yogʻin yiliga 100 mm atrofida. Axaggarda bir qancha vodiylar bor, ularda yer osti suvlari yuza. Baʼzi joylarida alohida oʻsgan daraxt va daraxtzorlar (kiparis, mirta, palma, akasiya) uchraydi. Aholi chorvachilik (1500 m balandlikkacha), qisman dehqonchilik bilan shugʻullanadi (Bug`doy, Dukkaklilar, Pomidor). Platina, Olmos, Nikel va Mis konlari topilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil